XULOSA:
O’quv muassasa, mikromuhitidagi odatlanmagan vaziyat, shaxslararo
munosabatlar va muomala ko’lamining kengayishi o’ziga xos topologik aqliy,
axloqiy, irodaviy, hissiy xususiyatlarini oqilona baholash, qo’yilayotgan
talablarga javob berish tariqasida yondashish, o’z- o’zini anglashini
jadallashtiradi. o’spirin o’quvchilarining o’zo’zini anglashga aloqador o’ziga
xos xususiyatl ari mavjud. Ular dastavval o’zlarining kuchli va zaif jixatlarini,
yutuq va kamchiliklarini aniqrok baholash imkoniyatiga ega bo’ladilar.
O’spirin o’quvchining o’smirlik davridagi boladan o’zgacharoq yana bir
xususiyati - bu, murakkab shaxslararo munosabat larda aks etuvchi burch,
vijdon hissini anglash, o’z qadr- qimmatani e’zozlashi, sezish va fahmlashga
ko’proq moyilligidir.
O’spirin o’quvchida o’zini anglashi negizida o’zini tarbiyalash istagi tug’iladi.
Natijada unda o’z- o’zini tarbiyalash vositalarini saralash, ularni kundalik
turmushga tadbiq qilib ko’rish ehtiyoji vujudga keladi. Lekin, o’z- o’zini
tarbiyalash jarayoni o’spirin ruhiyatidagi mavjud nuqsonlarga barham berish.
ijobiy xislatlarni shakllantirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki voyaga yet
gan kishilarga xos ko’pqirrali umumlashgan idealga mos ravishda tarkib
toptirishga yo’naltirilgan bo’ladi. O’quvchilar o’zida shaxsning eng qimmatli
fazilatlarini, o’quv va mehnat malakalarini ongli, rejali, tartibli, izchil va
muntazam ravishda egallab borishga, shaxsning yana bir fazilatlari va
xislatlarini hosil qilishga harakat qiladilar; o’z- o’zini tarbiyalash
muammolarini, yaxlit ma’naviy- ruxiy qiyofalash shakllantirishga intiladilar.
O’spirin o’quvchilarning o’z- o’zini tarbiyalash jarayoni. O’quv muassasa,
jamoat tashkilotlari, pedagoglar jamoasining ta’siri doirasida bo’lmog’i shart.
Toki o’z- o’zini tarbiyalashning, takomillashtirishi jamoada munosib o’rin
egallashga, ijtimoiy burchni anglash, foydali mehnatga jalb etish ishiga xizmat
qilsin. O’zo’zini tarbiyalash to’g’ri, izga solib yuborish uchun uyg’un birlikni
tashkil etgan tarbiyaviy chora - tadbirlar majmuasi tarzida ta’sir jamoa
majburiyati, o’zaro yordam va nazorat qilish, o’zaro va tanqid qilish kabilar
maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy, turmushda uchraydigan ba’zi bir yaramas
yurish- turish ko’rinishlariga, illatlariga, sarqitlariga
qaqshatgich zarba berish, ularning ta’siri yigit va qizlarni asrash, yot
tashviqot mohiyatiga qarshi ko’rash olib borish pedagoglar jamoasining bosh
vazifasidir.
O’spirinlarda balog’atga yetganlik tuyg’usi takomillashib borib, o’z- o’zini
qaror toptirish, o’z ma’naviy qiyofasini ifodalash tuyg’usi o’sib o’tadi. Bu
narsa ularning alohida shaxs ekanligini tan olishga intilishida o’z ifodasini
topadi. Buning uchun ayrim yoshlar turli modalarga mayl qo’yish, tasviriy
sanoatga, musiqaga, kasb- hunarga, tabiatga, maftunkor qiziqishlarini namoyish
qilishga harakat, qiladilar, o’quv va mehnat jamoalari ta’sirida matonat,
jasurlik, sabr- toqat, kamtarlik, intizomlil ik, halollik kabi insoniy fazilatlar
takomillashadi. Xudbinlik, loqayddik, munofiqlik, laganbardorlik, dangasalik,
qo’rqoqlik, g’ayirlik singari illatlarning barham topishi tezlashadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat engilmas kuch. T.;Ma’naviyat, 2008.
2. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
yo’lida. -T.: O’zbekiston , 2005
3. Karimov I.A. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.
–T.: «O’zbekiston» 1997.
4. Karimov I.A.Demokratik xuquqiy davlat, erkin iqtisodiyot talablarini
to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati asoslarini qurish -farovon
hayotimiz garovidir”. T.: O’zbekiston, 2007 .
5. A.K. Munavvar.Oila pedagogikasi.- T., ,,O’qituvchi’’ ,1994.
6. U.Mahkamov.Ahloq-odob saboqlari.-T.,,Fan’’,1994
7. R.A.Mavlonova,N.X.Rahmonqulova,B.A.Normurodova ,
K.O.Matanazarova ,,Tarbiyaviy ishlar metodikasi’’ darslik Toshkent
2014.
9. A. Jo`rayev ,,Tarbiyaviy darslarni o`tish’’ T- ,,O`qituvchi’’ 1994.
10. M.Xaydarov ,,Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning mehnat
tarbiyasida xalq an`analaridan foydalanish’’ T-,,Yozuvchi’’ 1995.
Dostları ilə paylaş: |