Ii. Asosiy qism


Iste’dodli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix06.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#108953
1   2   3   4   5   6   7
Iste’dodli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash 
Iste’dodning o’z vaqtida namoyon bo’lishi, tarbiyaga va qo’llab -quvvatlashga
bog’liqdir. Har qanday jamiyatga iste’dodli shaxslar zarur. SHu nuqtai nazardan
iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o’qitish respublikaning bo’lajak 
aql zakovatli va ijodiy fikrlovchi kuchlarni tayyorlashning yagona manbaidir.
Ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amlga oshirish uchun o’quvchilar
iste’dodini aniq taxlil etish, bolalarning o’ziga xos psixologik jihatlarini va
fazilatlarini hisobga olish zarur.Turli yoshda gi iste’dodli o’quvchilarni
namoyon etishda xozirgi kunda, avvalo maktab pedagogika jamoasi ruhiy -
diagnostika tajribalardan unumli foydalanishlari zarur.Yoshlar iste’dodining
namoyon bo’lishiga qobiliyalarni aniq tahlil etish, bolaning o’ziga xos
fazilatla rini hisobga olish ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalga oshirish
uchun zarur.
Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun jaraja va bosqichlari yangicha munosabatlar
bilan bog’liq bo’ladi.Qobiliyatning ma’lum bir darajadaistalgan o’quvchida
shakllangan bo’lishi mumkin. Bu esa tashkil etilgan tarbiya va o’quv
jarayoni sharoitlarida rivojlantiriladi.O’quvchi yoshlar qobiliyatini rivojlantirish 
maqsadida iste’dod va iqtidorni ongli rag’batlatirish, mukammallik uchun
sharoit yaratish, ularning ijobiy qiziqishlari rang-barangligini oshirish, turli 
ko’rgazmali tadbirlarda ishtirok ettirish, olimpiadalar, tanlovlar, uchrashuvlarga 
jalb etish lozim.Iste’dodli bolalarning taniqli olimlar laboratoriyalarida
shug’ullanishi, shoir, yozuvchi, rassom kabi san’at namoyondalari bilan
hamkorlik qilishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.Bolalar ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishda oila va muhitning
ahamiyati yuksak. Ayniqsa respublikaning qishloq joylarida iqtidorli bolalarni
izlash, topi shva ularning ta’lim va tarbiyasini muntazam ravishda to’g’ri 
yo’lga qo’yish muhimdir.Iste’dodli bolalarni joylarning hududiy xususiyatlarini 
hisobga olib, ijodiy kamol toptirishda diagnostik uslubiyatlar, o’quv rejalari
va o’quv uslubiy, tarbiya va ta’lim dasturlari bilan ta’minlash lozim. 
SHuningdek, iqtidorli bolalarni izlash, topi shva tarbiyalash uchun zamonaviy
moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan to’liq ta’minot zarur.


Iste’dodli bolalar salomatligini muhofaza qilish uchun ularni ruhiy zarbalardan
asrash yo’llarini aniqlash, ruhan y ordam ko’rsatish, ruhiy xayajonlanish holatlarini
o’rganish – ularning ijodiy qobiliyatlarini rivoji uchun sharoit yaratish
bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish darkor. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tarkibiga Xalq ta’limi, Oliy va o’rta
maxsus ta’lim vazirliklari xodimlari, yetakchi olimlar va mutaxasislar, 
ijodkorlar, amaliyotchi o’qituvchilar, to’garak rahbarlaridan iborat Respublika
metodik kengashi tuzulishi lozim. 
Turli yoshdagi guruhlar iste’dodlarni qidirishning umumiy dasturi zarur.
Ommaviy o’quv yurtlarida bo’lganidek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida
ham bu borada o’quv dasturi rejalarini ishlab chiqish kerak bo’ladi. 
Iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlash quyidagi
omillarga bog’liq: 
- ushbu aniqlashning ijtimoiy ahamiyatini, respublikaning zakovati, ijodkorligi,
kuch-qudratini tayyorlashning istiqboli bilan bog’liqligini tushunishga; 
- ruhiy diagnostik uslubiyat, uslubiy materiallari bo’lgani holda turli yoshdagi
guruhlarda aniqlashning umumiy dasturlari yaratilishiga; 
- iste’dodli bolalar (maxsus tayyorlangan rejalar, dasturlar va ilmiy asoslangan
uslubiyat va hokazo bo’yicha) bilan ishlash uchun ixtisoslashgan muassasalarning
yagona tarmog’ini targ’ib etishga;
- ommaviy o’quv yurtlarida iste’dodli bolalar bilan ishlash uchun zarur o’quv 
dasturiy qo’llanmalarini ishlab chiqishga; 
- joylarda mahsus guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan xalq ta’limi, davlat va
jamoat muassasalari, ijodiy uyushmalar tomonidan tasdiqlangan dasturlarga (bu
dasturlarda iste’dodli bolalar bilan ishlashning istiqbollari va bosqichlari, o’z
xududida bunday faoliyat va ko’pgina boshqa tadbirlar uchun mablag’
ajratish ularni ta’minlashga); 


- qo’yilgan vazifalarni hal qilishga keng jamoatchilik diqqatini jalb qilishga,
respublika metodik kengashining tuzilishiga (bu kengash tarkibiga Xalq ta’limi, 
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari, xalq ta’lim boshqaruv organlari
xodimlari, yetakchi olimlari va mutaxassislari, ijodiy uyushmalar, amaliyotchi
o’kituvchi, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari to’garak raxbarlari kiradilar); 
- ilmiy tadqiqotlar maktablar uchun me’yoriy xujjatlar, sinf ishlanmalari
majmuiga, iste’dodli o’kuvchilar haqida ma’lumotlar manbaini yaratishga, ularni
o’qitish va tarbiyalashning (tabaqalashtirish, individuallashtrish,
insonparvarlashtirish) yagona uslubiy asosini yaratishga bog’liq. 
Iqtidorli bolalar va istedodli yoshlarni aniqlash va o’qitish uslubiyati,
psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlarini yaratish. maxsus o’kuv dasturlari va
progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va
olimlarni faol ishtirokini ta’minlash. 
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan
tayyorgarlikdan o’tkazishga qaratilgan sobit qadam faoliyatni amalga oshirish.
Akademik litseylarning o’quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod
sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha 
o’z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlaridagi noyob 
iste’dodni ro’yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish.


2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchi 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin