Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

7-§. Demokratizm prinsipi 
O‘zbekiston Respublikasi suveren demokratik davlat bo‘lib, o‘z 
istiqbolini ijtimoiy adolat va qonuniylik asosida ko‘rib, u hozirgi va 
kelajak avlod manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat hokimiyati xalq 
irodasiga asoslanib, bu davlat hokimiyatiga xalq vakillarini saylashda 
namoyon bo‘ladi va demokratiyaning bir elementi sifatida ko‘rinadi. 
Demokratizm har bir jabhada mavjud bo‘lgani kabi O‘zbekiston 
Respublikasi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ham bundan xoli emas. 
Demokratizm prinsipining jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida 
namoyon bo‘lishi jinoyat huquqi normalarida xalqimiz irodasini ifoda etib, 
pirovardida bu normalar O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. JK 6-moddasiga binoan, 
«Jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki 
jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda 
nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishi mumkin». 
Demokratizm prinsipi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
normalarini amalga oshirishda, xususan, jinoyat sodir etgan shaxslarni 
tarbiyalashda jamoatchilik vakillarini jalb qilishni nazarda tutadi. Xuddi 
35 


shu yo‘l bilan o‘tkazilayotgan islohotlar davlatning jinoyat-huquqiy 
siyosatini amalga oshirishning samaradorligini ta’minlaydi. 
Demokratizm prinsipi jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan holda 
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llaniladigan shaxslarni 
tarbiyalashda jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari va jamoalar ishtirokining ko‘pgina jihatlarini belgilab bergan 
jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida o‘zining ifodasini topgan. Qonun 
asosiy e’tiborni ozodlikdan mahrum etish muassasasidan ozod qilingan 
shaxslar axloqini tuzatish, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan voyaga 
yetmaganlarni tarbiyalashga jamoatchilik vakillarini jalb qilishga qaratadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin