(Tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan
suiqasd haqida mazkur tom
IX bobining «Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish» deb nomlangan 3-§ ga
qarang.)
Ta’kidlash lozimki, aybdor tashabbusi bilan uzoqqa cho‘zilgan yoki
davomli jinoyatlar to‘xtatiladigan (masalan, o‘z xohishi bilan aybini
bo‘yniga olib kelish) yoki jinoyat sodir etilishiga to‘sqinlik qiladigan
vaziyat yuzaga kelishi (masalan, organlarning aralashuvi) to‘xtatilgan
jinoyat sifatida baholanadi. Bunday hollarda uzoqqa cho‘zilgan va
davomli
jinoyatlar tamom bo‘lmasdan aynan to‘xtatiladi, chunki vaqt bo‘yicha
jinoiy harakat davom etuvchi akt bo‘lib, u tamom bo‘lmaydi, lekin davom
ettirilishi to‘xtatilishi mumkin.
JK 11-moddasi 2-qismining navbatdagi ikki bandi –
«b» va
«v»bandlari qilmishning tamom bo‘lgan jinoyatning ayrim holatlariga
nisbatan – moddiy tarkibli jinoyatlarga O‘zbekiston hududida
sodir etilgan
jinoyat sifatida baholashning shartlarini belgilaydi.
Bunday shartlarning alohida ko‘rsatilishiga sabab umumiy qoida
bo‘yicha qilmishning ijtimoiy xavfliligi uning sodir etilishigagina emas,
balki uning qonunda ko‘rsatilgan oqibatlariga
qarab aniqlanadi va bu
oqibatlar kelib chiqqandan so‘ng jinoyat sodir etilgan hisoblanadi. Lekin
bu qoida jinoiy harakat bir davlat hududida sodir etilgandagina qo‘llanadi.
Agar jinoyat ikki yoki bir necha davlat hududida sodir etilgan bo‘lsa,
bunday qoidani qo‘llash jinoyatchining jazodan qutulib qolishiga
imkoniyat tug‘diradi. Shunga ko‘ra qonun belgilaydiki, agar sodir etilgan
jinoyat moddiy tarkibga ega bo‘lsa, oqibatlari mavjudligiga qaramay, u
O‘zbekiston hududida sodir etilgan deb baholanadi. Bunday shartning
belgilab qo‘yilishi Kodeksning javobgarlikning muqarrarlik prinsipiga mos
keladi.
Ta’kidlash lozimki, qilmishning O‘zbekiston hududida sodir etilgan
jinoyat sifatida baholanishi zaruriy obyektivlik belgilaridan birortasining
formal mavjudligini
talab qilmasa ham, bu belgining faktik aniqlanishi
haqidagi talabga rioya qilish zarurligini inkor etmaydi. Boshqacha qilib
aytganda, sud va tergov organlari shaxsni shunday jinoyat uchun
javobgarlikka tortishda har doim jinoyatning mazkur belgilari
70
yig‘indisining amalda mavjudligini aniqlashlari shart. Bu jinoyatning
moddiy tarkibi talabidan kelib chiqadi. Bu belgilardan birortasining
amalda mavjud bo‘lmasligi ayblanuvchi harakatlarining tamom bo‘lgan
jinoyat sifatida baholanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Dostları ilə paylaş: