65
- profilaktik emlash tadbirlarini vaqtida o‗tkazish;
- kasallik tarqalgan joylarda dezinfektsiya ishlarini olib borish,
sog‗lomlashtirish, jumladan, kasallangan kemiruvchilarni
tutish va umuman
yo‗qotish;
- kasalxonalar, chorvachilik komplekslari, go‗sht kombinatlari,
sut va terini
qayta ishlash zavodlari, bakteriologik laboratoriyalarni gigiyenik talab asosida
qurish, jihozlash va ulardan to‗g‗ri foydalanish;
- yuqorida ko‗rsatilgan ob‘ektlarda sanitar-epidemiologik tartibga rioya qilish;
- ko‗rsatilgan ob‘ektlardagi hodimlarni gigiyenik qoidalarga o‗qitish,
ishchilarni maxsus kiyimlar bilan ta‘minlash;
- ishchilarni tibbiy ko‗riklardan muntazam vaqtida o‗tkazib turish.
Farmatsevtik korxonalarda biologik omillar,
chunonchi antibiotiklar,
mug‗orlar, oqsil-vitamin qomplekslar (konsentratlari)i, achitqilar bilan muloqatda
bo‗lishi mumkin, korxonalarda biotexnologiyalarni qo‗llashda kuzatilib,
ishchilarda disbakteriozlarni, kandidomikozlarni, allergik
kasalliklarni keltirib
chiqarishi mumkin. Bunday hollarda profilaktik tadbirlar birinchi navbatda
ko‗rsatilgan omillarning miqdorini ishlab chiqarish muhitida kamaytirishga
qaratilgan bo‗lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: