rasmlar va chizmalar yordamida tasvirlashga o’rgatish kerak.
Uchinchi sinfdan boshlab bolalar masalalarni mustaqil ravishda qisqa
yozishga o’rgatiladi. Shuni nazarda tutish kerakki,
barcha hollarda ham qisqa
yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining tahlili ham amalga oshiriladi.
Quyidagi sodda masala namunasida qisqa yozishga o’rgatish ishini qanday
o’tkazish mumkinligini ko’rib chiqamiz, bunda masala matnidan masala
mazmunini mantiqiy tushunish uchun zarur bo’lgan son ma’lumotlar, so’z va
ifodalar ko’chirib olinadi. Masala (II sinf): «Elektr simiga» kushlar uchib kelib
qo’nishdi. Birinchi qatoriga 10 ta qush qo’ndi, ikkinchi qatorda undan ikkita ortiq.
Ikkinchi qatorga nechta qush qo’ndi?» Masalada nima haqida gapiriladi? (Birinchi
va ikkinchi qatorlarda qushlar qo’nganliklari haqida). Shuni qisqa qilib yozamiz.
1q.-
II q,-
Birinchi qatorga qo’ngan qushlarning soni haqida nima ma’lum? (Birinchi
qatorda 10 ta qush qo’ndi). Shuni yozamiz:
I q. - 10 ta q.
II
q. -
Ikkinchi qatorga nechta qo’sh qo’nganligi ma’lummi? (Yo’q). Buni so’roq
belgisi bilan belgilaymiz. Masalada ikkinchi qatordagi qushlar haqida nima
ma’lum (Ikkinchi qatorda 2 ta ortiq). Buni quyidagicha yozamiz:
I q. - 10 ta q.
II
q. - ? 2 ta q.ortiq.
Ikkinchi qatorga nechta qush qo’ndi?
Endi shu masala namunasida shartli chizma chizish jarayonini ko’rsatamiz.
Qaralayotgan masala shartini chizma yordamida
tasvirlash uchun daftarning
bir katagi uzunligini bitta qush uchun qabul qilamiz. Bu holda birinchi qatordagi
10 ta qush 10 ta katak uzunligi bilan tasvirlanadi. Ikkinchi qatordagi qushlar soniga
10 ta katak uzunligi-dagi kesma va yana 2 ta katak uzunligidagi kesma mos keladi.
10 q
Ko’p masalalarning matnida shundan so’zlar borki, (ortiq, kam, qoldi,
hammasi bo’lib, kabi), ular arifmetik amallarni tanlashni ko’rsatib beradi, biroq
amallarni tanlashda faqat ularga tayanish mumkin emas, nega deganda ayrim
hollarda o’quvchilarni noto’g’ri amal tanlashga keltirishi mumkin. Shuning uchun
o’quvchilarga, agar masalada «bo’ldi», «hammasi bo’lib» yoki «jami»
degan
so’zlar bo’lsa, unda ularni qo’shish; agar masalada «qoldi» degan so’z bo’lsa, unda
ayirish kerak deyish yaramaydi.
Masala yechishda amallarni tanlash masaladagi ma’lum va noma’lumlar
o’rtasidagi bog’liqlik bilan aniqlanadi.
Afsuski o’qitish amaliyotida masala yechishda masalani tahlil qilish
ko’pincha quyidagicha olib boriladi. O’qituvchi sinfga shunday savol bilan
murojaat qiladi: «Kim aytadi masalani kanday yechish mumkin?». Bolalardan biri
turib yechilgan masalaning javobini aytadi. O’qituvchi uni maqtab doska oldiga
chiqaradi. U masalaning yechimini doskaga yozadi,
qolgan bolalar uni
ko’chiradilar.
Murakkab masalani yechishda masalani tahlil qilish malakasi asosiy
ahamiyatga ega. Tahlil qilishning ikkita usuli bor: 1) sintetik tahlil, 2)analitik
tahlil.
Yordamchi maktabning quyi sinflarida (1, 3-sinflarda) masalani tahlil qilishda
mulohazalar ko’pincha masalaning son ma’lumotlaridan savoliga qarab boradi. 4-
sinfdan boshlab mulohazalar aksincha masalani savolidan boshlanib son
ma’lumotlariga qarab boradi.
Ushbu masala namunasida sintetik tahlil qanday amalga oshirilishini
ko’rsatamiz: «O’quvchilar maktab bog’iga 6 tup olma ko’chati, olma ko’chatidan 4
tup ortiq anor ko’chati o’tqazishdi. O’quvchilar maktab bog’iga hammasi bo’lib
necha tup ko’chat o’tqazishgan?».
Sintetik tahlilda mulohazalar ma’lumlardan noma’lumlarga
qarab boradi,
ya’ni masalaning savoliga qarab boradi.
- Masalada nima to’g’risida gap boradi? (O’quvchilar maktab bog’iga olma va
anor ko’chatlari o’tqazishganligi to’g’risida). O’qituvchi buni qisqacha doskaga
qarab boradi. Boshqacha aytganda, bir qator mulohazalar tuziladi.
Bu mulohazalarning boshi masalaning savoli bo’ladi. Masalan:
- O’quvchilar hammasi bo’lib necha tup daraxt ko’chati o’tqazishganini
bilib
bo’ladimi? (Yo’q.).
Nima uchun? (O’quvchilar qancha anor ko’chati o’tqazishganini bilmaymiz).
O’quvchilar qancha anor ko’chati o’tqazishganligini qaysi amal bilan bilsak
bo’ladi? (Qo’shish amali bilan).
Endi masalaning asosiy savoliga javob bersak bo’ladimi? (Bo’ladi).
- Masalada nimani topish talab qilinadi? (O’quvchilar hammasi bo’lib necha
tup daraxt ko’chati o’tqazishganligini).
-Buni qaysi amal bilan bilish mumkin? (Qo’shish amali bilan).
- Nimga nimani qo’shamiz? (10+6=16 ta )
Dostları ilə paylaş: