101
tabiiy holati va archa-o‗rmon mintaqasiga
xos tipik tabiiy geografik
komplekslarni saqlash, ularni har tomonlama tadqiq etish, tabiiy boyliklar
sifatini
yaxshilash, ularni ko‗paytirish, shuningdek archa biologiyasini
o‗rganish, archazorlarni kengaytirish, hayvonot dunyosini
saqlash va tiklash
bo‗yicha ko‗pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Qo‗riqxona har yili o‗rmon
xo‗jaligiga 1,5 tonnadan ko‗proq qimmatli archa urug‗ini yetkazib bermoqda.
Chotqol tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi Chotqol tizmasining janubi-g‗arbiy
qismida dengiz sathidan 1000-3200 metr balandlikda joylashgan bo‗lib,
maydoni 47,5 ming gektar yerni tashkil qiladi. Qo‗riqxona hududida quruq
dashtdan tashqari mevali o‗rmonlar, archazorlar, alp o‗tloqlari
kabi landshaft
mintaqalari mavjuddir. Bu yerda 600 dan ortiq o‗t, 40 ga yaqin daraxt va buta
o‗simlik turlari uchraydi. Qo‗riqxona hududining 40 protsenti archazorlardan
iborat. Shuningdek, bu yerda pista, Kavkaz shamshodi, zirk, irg‗ay va boshqa
noyob buta va daraxtlar ko‗p uchraydi. Qo‗riqxonada sudraluvchilarning 23 turi
yashaydi. Yirtqichlardan savsar,
oq suvsar, bo‗rsiq, ayiq, bo‗ri va boshqalar
uchraydi. Qo‗riqxonaga 1953 yilda yelik bug‗usi (kosulya) olib kelingan edi.
Hozir yelik tobora ko‗payib bormoqda. Qo‗riqxonaning toshli va qoyali
landshaftlarida kiyik yashaydi. Kiyiklarning soni bir necha yuz boshdan ortiq.
Chotqol qo‗riqxonasining eng qimmatli hayvonlaridan biri relikt jonivor –
menzbir sug‗uridir.
Shuni aytish kerakki, sug‗urning 14 turi mavjud bo‗lib,
shundan oltitasi mamlakatimiz hududida yashaydi. Menzbir sug‗uri yer
sharining boshqa biror qismida uchramaydi. Tanasining uzunligi yarim metr,
vazni esa 4 kilogramm atrofida bo‗lib, 4 oy mobaynida bir yarim
kilogrammgacha yog‗ to‗playdiki, bu yog‗ uyqudagi karaxtlik davrida bemalol
yetadi. Menzbir sug‗uri xalqaro «Qizil kitob» va O‗zbekiston «Qizil kitob»iga
kiritilgan. Hozirgi vaqtda bu nodir jonivorning
yashash sharoiti keng
o‗rganilmoqda. Chotqol tog‗-o‗rmon qo‗riqxonasi tog‗li o‗lkalarni xo‗jalik
jihatdan o‗zlashtirish yo‗llarini ishlab chiqmoqda. Qo‗riqxona hududida ilmiy
bazalar ishlab turibdi va olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Dostları ilə paylaş: