102
Qo‗riqxonaning tabiiy sharoiti rang-barang bo‗lganligi uchun hayvonot dunyosi
ham xilma-xildir. Qo‗riqxonaning kanal va ko‗llarida baliqlarning 32 turi
uchraydi. Qo‗riqxonaning qumli qismida sudralib yuruvchilardan cho‗l
toshbaqasi, kaltakesak, echkiemar, bo‗g‗mailon, o‗qilon, charxilon va boshqalar
yashaydi. Qo‗riqxonada sutemizuvchilarning 30 dan ortiq turi bor. Ular orasida
bo‗ri, chiyabo‗ri, tulki,
qum mushugi va qum quyoni, ingichka barmoqli
yumronqoziq, har turli qum sichqonlari uchraydi. To‗qayzorlarda
yovvoyi
cho‗chqa ko‗p. Qo‗riqxonada parrandalarning 170 dan ortiq turi mavjud.
Shundan noyob turlari 20 taga yetadi. Qo‗riqxonada Zarafshon qirg‗ovuli deb
atalgan kenja tur mavjud. Qo‗riqxona xodimlari oldiga tabiiy boyliklar bilan
birga, Zarafshon qirg‗ovulini qo‗riqlash va ko‗paytirish vazifasi qo‗yilgan.
Qorako‗l qo‗riqxonasi O‗rta Osiyoda cho‗l qo‗riqxonalari
orasida voha bilan
chegaradosh yagona tabiat laboratoriyasi bo‗lib, uning landshafti ko‗llar,
kanallar, qamish-to‗qayzorlar, sho‗rxokliklar va saksovul bilan qoplangan
qumliklardir. Qo‗riqxonada ana shu voha va cho‗l
tabiiy komplekslari
muhofaza qilinadi,
shuningdek, kanallar o‗tkazib, cho‗l o‗simlik va hayvonot
dunyosining o‗zgarishi o‗rganiladi.
Dostları ilə paylaş: