96
10-Mavzu: O`RTA OSIYONING ALOXIDA MUXOFAZA
QILINADIGAN XUDUDLARI (LANDSHAFTLARI)
Reja:
1.Alohida muhofaza etiladigan hududlar haqida tushuncha
2. O‘rta Osiyo qo‗riqxonalari
3. Milliy bog‗lar va buyurtmalar.
Tabiatni muhofaza qilish - landshaftning bir butunligi, tabiiy
komponentlarning o‗zaro muvozanatini muhofaza qilishga qaratilgan.
Landshaftlarni muhofaza qilishning juda ko‗p shakllari mavjud. Bular:
qo‗riqxonalar,
zakazniklar, rezervatlar, xalq bog‗laridan iborat. Tabiatni
muhofaza qilish ayrim hududlarda tabiiy kompleksni (landshaftlarni) o‗z
holicha maxsus rejim bilan qo‗riqlashni ham talab qiladi. Bunday maxsus rejim
bilan muhofaza qilinadigan hududlar xo‗jalikda o‗zlashtirishdan bevosita ajratib
olinib qo‗riqlanadigan tabiiy ob‘ektlardir. Hududning
ayrim uchastkalarini
muhofaza qilishda maxsus rejimini o‗rnatishning zarurligi fan-texnika inqilobi
sharoitida inson xo‗jalik faoliyati natijasida keskin o‗zgarayotgan va
kamayayotgan yer tabiiy boyliklariga insonning ongli munosabatda bo‗lishiga
asoslanadi. Bunday uchastkalarni qo‗riqxonalar, rezervatlar, tabiiy parklar,
tabiat
yodgorliklari, zakazniklar deyiladi. Muhofaza qilinadigan hududlarning
tasnifi ishlab chiqilmagan. Ularni bo‗lishda qo‗yidagi belgilarga amal qilinadi:
1)
muhofaza qilinadigan hududdan foydalanish rejimining asosiy maqsadi va
harakteri; ulardan xo‗jalikda foydalanishni butunlay man etish;
fan va turizm
manfaatlari uchun foydalanishni chegaralash; tabiiy boyliklarni takror ishlab
chiqarish (tiklash); ma‘rifiy-memorial (yodgorlik) ahamiyatiga ega bo‗lgan
ob‘ektlarni
muhofaza qilish va hokazo; 2)muhofaza qilinadigan ob‘ektlarning
murakkablik darajasi (tabiiy landshaftlarning ayrim komponentlari yoki butun
landshaft, tabiiy boylik turlari); 3) o‗rnatilgan va chegaralangan cheklovning
davom etishi (resurslardan foydalanish
umuman man qilinganmi yoki
foydalanish ma‘lum muddatga limitlanganmi).
Dostları ilə paylaş: