Tayanch iboralar: Geografik o‘rni, relyefi, foydali qazilmalari, ichki
suvlari, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi.
Turon tekisligidagi eng katta cho‘llardan biri bo‘lgan Qizilqum asosan
Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgan. Lekin Qizilqum okrugiga
Qizilqum cho‘lining O‘zbekiston hududida joylashgan qismi kiradi.
Qizilqum okrugi shimoli-g‘arbda Quyi Amudaryo okrugi bilan, janubi-
sharqda Quyi Zarafshon okrugi bilan, sharqda esa Toshkent-Mirzacho‘l okrugi
bilan chegaralanadi. Okrugning janubi-g‘arbi Turkmaniston, shimoli-sharqi
Qozog‘iston bilan bo‘lgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi.
Qizilqum janubi-sharqdan shimoli-g‘arbga qarab pasayib boradi. Uning
o‘rtacha mutloq balandligi 200—300 m bo‘lsa, janubi-sharqda 350—400 m,
shimoli-g‘arbda esa 90—100 m ga tushib qoladi.
Qizilqum okrugi er usti tuzilishi jihatidan bir xil emas. Bu erda botiqlar,
tekisliklar, yassi platolar va qoldiq tog‘lar mavjud. Lekin uning ko‘pchilik
qismini mutloq balandligi 200 m
gacha bo‘lgan qumli tekisliklar ishg‘ol qiladi. Tekisliklarning ko‘pchilik
qismini allyuvial sochma qumlar ishg‘ol qilib, asosan, eol relef shakllari qum
marzalari, do‘ng qumlar kamroq esa barxanlar mavjud. Qum marzalari ko‘proq
meridianal, yo‘nalishga ega bo‘lib, o‘simliklar bilan mustahkamlangan
Ularning nisbiy balandliklari 15—20 m, ba‘zan esa maksimal balandliklari
60—70 m gacha etadi. Qizilqumning markaziy qismlarida esa do‘ng qumlari
mavjud bo‘lib, ular ham mustahkamlangan. Qizilqo‘m okrugida barxanlar
nisbatan kam bo‘lib, aholi yashaydigan joylarda, quduqlar atrofida, Amudaryo
sohillarida ko‘proq joylashib, ularning harakatga kelishi insonlarning xo‘jalik
faoliyati bilan bog‘liq.
Qizilqum okrugida taqirlar kam bo‘lib, ular marza qumlar orasidagi past
joylarda uchraydi. Taqirlar bahorda suv bilan qoplanib, yozga borib suv
bug‘lanib ketib, qurib, usti qotib yorilib ketadi.
Qizilqum okrugining markaziy qismida bir necha berk botiqlar joylashgan.
Botiqlarning tagi qumdan iborat bo‘lib, ustki qismi taqir yoki sho‘rxoklardan
iborat. Botiqlar Qizilqumning markaziy qismidagi qoldiq tog‘lar orasida
tektonik botiqlar mavjud. Bu botiqlarning eng kattalari Bukantog‘ning janubida
90
dengiz sathidan - 12 m pastda joylashgan Mingbuloq, Jetimtog‘ning janubi-
sharqida joylashgan Mullali, Ovminzatog‘ bilan Qazaxtog‘ orasida joylashgan
Qoraxotin, Kuljatog‘ning janubi-sharqida joylashgan Oyoqog‘itma botiqlaridir.
Bu botiqlarning har birining bo‘yi 40—50 km ga etadi.
Qizilqum okrugidagi eng qadimiy quruqlikka aylangan qismi bu uning
markaziy qismidagi platolardan ko‘tarilib turgan paleozoy qoldiq tog‘laridir. Bu
tog‘lar juda ham emirilib ketgan bo‘lib, mutloq balandliklari 922 m dan
oshmaydi. Bu tog‘larning eng muhimlari Quljuqtog‘ (Irlir cho‘qqisi 764 m),
etimtog‘ (568 m), Tomditog‘ (Otog‘ cho‘qqisi 922 m), Ovminzatog‘ (635 m),
Quljuqtog‘ (785 m), Qozaxtog‘ (394 m), Sulton Uvays tog‘i (Ashitog‘ cho‘qqisi
473 m). Shu sababli bu qoldiq toglar deyarli kenglik bo‘ylab yo‘nalib paleozoy
erasining kristalli slaneo‘lari, kvaro‘li slaneo‘lari va ohaktoshlaridan tashkil
topgan. Ular orasida esa granit, diorit, granodiorit va boshqa otqindi jinslar ham
uchraydi.
Paleozoy qoldiq tog‘lari keyinchalik asta-sekin emiriladi, emirilgan
(nuragan) jinslar uning quyi qismiga tushib to‘planadi, oqibatda tog‘lar
pasayadi. Natijada dengiz suvi o‘sha emirilib, pasayib qolgan paleozoy
tog‘larini ham bosib oladi. Bu jarayon neogen davrigacha davom etadi, so‘ngra
Tetis dengizi chekinib Qizilqum quruqlikka aylanadi. Paleozoy qoldiq tog‘lari
etaklarida bo‘r va paleogen davr platolari joylashib, asosan, qumtosh,
konglamerat, mergel, gil, qum kabi jinslardan tashkil topgan.
Qizilqum okrugining qolgan tekislik qismi neogen va antropogen davrning
allyuvial tekisliklaridan, asosan, dengiz va Amudaryo xamda Sirdaryoning
yotqiziqlaridan iborat, ustini esa qalinligi 10—12 m keladigan qumlar qoplab
olgan.
Qizilqum okrugida, aynvqsa, paleozoy qoldiq toglarida oltin, slyuda,
feruza, aobest, boksit, simob, grafit, volfram, talk, granit, yashma, island shpati
kabi qazilma boyliklar, tekislik qismida esa gaz, neft, uran, oltingugurt konlari
mavjud.
Qizilqum okrugida foydali qazilmalar qazib olinayotgan kaqazishga
tavsiya qilingan konlarni o‘zlashtirish asosida oltin, uran, qurilish xom-
ashyolari, keyinchalik mis, boksit, strono‘iy konlarini o‘zlashtirish aoosida
Zarafshon, Uchquduq, Tomdibuloq, Qo‘kpatos ishlab chiqarish tarmoqlari,
granit, oltin, bo‘yoq bop minerallar, qurilish xom-ashyolarini o‘zlashtirish.
negizida Tasqazron ishlab chiqarish shoxobchasi, tabiiy gazlarni o‘zlashtirish
negizida esa Gazli ishlab chiqarish tarmori vujudga kelgan.
Qizilqum okrugi katta hududni egallagani uchun uning iqlimiy
xususiyatlari shimoldan janubga qarab o‘zgarib boradi. Qizilqumning shimoliy
qismi iqlimi asosan Markaziy Osiyo antio‘ikloni va G‘arbdan keladigan
o‘iklonlar ta‘sirida vujudga kelsa, janubiy qismi iqlimining shakllanishida
tropik havo massalarining ta‘siri ancha kattadir. Shuning uchun Qizilqum
okrugining qishi sovuq, davomli bo‘lib, yanvarning o‘rtacha harorati shimolida
91
—4 —10° bo‘lsa, janubida —1—2° bo‘ladi. Qizilqum okrugining iqlimi
xususiyati jihatidan farqlanuvchi shimoliy qismi bilan janubiy qismi orasidagi
chegara taxminan 41° shimoliy kenglik yoki —3° yanvar izotermasi orqali
o‘tadi.
Qizilumning shimoliy qismi iqlimining qishda shakllanishida Sibir
antio‘iklonidan vujudga kelgan havo massasi muxim omil hisoblanadi. Bu havo
massasi shimoli-sharqdan esib hudud haroratini pastga tushirib, quruq, lekin
ochiq, sovuq ob-xavoni vujudga keltiradi. Shuningdek, kishda bu joylarga
shimoli-g‘arbdan va g‘arbdan keladigan o‘iklon turli havo massasi ham ta‘sir
etib, shimoli-sharqdan esuvchi havomassasi bilan to‘qnashadi. Natijada qish
obhavosining tez-tez o‘zgarib ochiq ayozli obhavo nam, nisbatan iliq obxavo
bilan almashib turadi. Ba‘zi kunlari Sibirh antio‘ikloni bilai birga Qizilqum
okrugining shimoliga Rossiya tekisligining janubi-sharqidan sovuq havo
massasi ham etib kelgach, harorat pasayib, —35° gacha tushadi.
Qizilqum okrugida yoz uning hamma qismida deyarli bir xil bo‘lib, quruq,
ochiq, issiq. Ayniqsa, uning markaziy qismi yozda qizib ketib, iyulning o‘rtacha
xarorati 28°—30°ga etadi. Nisbatan pastroq, iyulning 26°li izotermasi
okrugning shimoli-g‘arbiga to‘g‘ri keladi. Qolgan qismlarida esa iyulning
o‘rtacha harorati 26—28° atrofida o‘zgaradi. Eng issiq 46° ga etadi.
Qizilqum okrugi O‘zbekistonning qurg‘oqchil qismlaridan biri bo‘lib,
uning shimoli-g‘arbida, Quyi Amudaryo okrugiga tutash qismlarida yillik
yog‘in miqdori 75—100 mm atrofida o‘zgaradi. Yog‘in miqdorni okrugning
janubi-sharqiy qismiga borgan sari ortio, 100—150 mm ga, qoldiq tog‘lar va
Nurota tog‘lariga yakin qismlarida esa 200 mm ga etadi.
Qizilqum okrugida yog‘in yil fasllari bo‘yicha ham notekis taqsimlangan.
yillik yog‘inni 100% desak, un|ng 48% baxorga 30% qishga, 19% kuzga, faqat
3% yozga to‘g‘ri keladi.
Qizilqumda yog‘inning bir qismi qor holida yog‘sada, u qalin bo‘lmasdan
(qalinligi 20 sm ga etadi) uzoq vaqt saqlanmaydi (yiliga o‘rtacha 20 kun qor
qoplami bo‘ladi). Okrug hududining shimoliy qismida qor oktyabrdan aprel
oyining oxirigacha, janubida esa noyabrning boshlaridan mart oyining
oxirigacha bo‘lishi kutiladi. Qor qoplami yupqa bo‘lib, uzoq vaqt
saqlanmaganligi tufayli mollarni qishda ham yaylovda boqiladi. Lekin ba‘zan
qishda haroratning tez-tez pasayib ketishi chorvachilikka ancha salbiy ta‘sir
etadi.
Qizilqum okrugida yil bo‘yi shimoliy, shimoli-sharqiy va shimoli-
g‘arbiy shamollar esib, tezligi o‘rtacha sekundiga 3—4 m atrofida. Lekin qishda
va bahorning boshlarida shimoli-sharqdan nisbatan kuchli shamollar esib turadi.
Qizilqum okrugi iqlimining quruqligi (yog‘inlar kamligi, yozgi
haroratning yuqoriligi tufayli mumkin bo‘lgan bug‘lanishning ko‘pligi) tufayli
doimiy oquvchi mahalliy suvlari yo‘q. Uning janubi-g‘arbiy qismidan esa
tranzit Amudaryo oqib o‘tadi, xolos. Lekin bahorda qorlar eriganda, yomgir
92
ko‘proq yoqqanda Qizilqumning markaziy qismidagi past tog‘larda vujudga
keladigan vaqtli soylardan suv oqib, so‘ngra ularning suvi qurib qoladi.
Aksincha, Qizilqumda er osti suvlari ancha ko‘p. Okrugda gount suvlari
hamma qismida turon svitasi qumliklarida uchraydi. Bu tur er osti suvi,
asosan, yog‘inlardan to‘yinadi, lekin bug‘lanish katta, binobarin, sho‘r
(minerallashish darajasi yuqori) bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ichish uchun
sifatsiz. Relefi past erlarda bu tur er osti suvlaridan yaylovlarni suv bilan
ta‘minlashda foydalaniladi. Qalin barxan qumlari ostida taxminan 100 m
chuqurliklarda chuchuk grunt suvi mavjud bo‘lib, minerallashish darajasi 0,3
dan 1,02 g/l ga etadi. Markaziy Qizilqumdagi qoldiq tog‘lar etaklaridagi
prollyuvial yotqiziqlar orasida chuchuk grunt suvlarining katta miqdori mavjud.
Mezozoy davr yotqiziqlari va paleogen davr jinslari orasida bosimli
artezian er osti suvining katta zahirasi mayejud. Bu tur suvlar nisbatan chuchuk
bo‘lib, ba‘zi joylarda kovlanganda o‘zi otilib chiqishi mumkin. Minpbuloq,
Qoraxotin, Oyoqog‘itma kabi botiqlarda burrilash paytida o‘sha artezian suvlari
o‘zi otilib chiqqan. Har litr suvida minerallashish darajasi 1,0 grammdan, 3,0
grammgacha borishi mumkin.
Qizilqum okrugida er osti suvining dinamik miqdori sekundiga 58—60
m
3
ni tashkil qilib, gidrogeologik rayonlar bo‘yicha kuyidagicha taqsimlangan:
Markaziy Qizilqumda 11,0 m
3
/sek, Qizilqumning shimoli-sharqi va shimolida
4,0 m
3
/sek, Qizilqumning shimoli-g‘arbida (Orol bo‘yida) 43,6 m
3
/sek.
Qizilqum okrugining shimoli-g‘arbida sur qo‘ng‘ir tuproq tarqalgan. Nisbatan
relefi pastroq bo‘lgan erlarda esa taqir va taqirli tuproqlar uchraydi. Bunday tur
tuproqlarda chirindi kam bo‘lib, gumus miqdori 0,4—0,5% gacha boradi.
Qizilqum okruti hududining 3—5 foiz maydonini o‘simlik deyarli
o‘smaydigan qumlar egallagan. Qolgan 95—97 foiz maydoni u yoki bu
darajada o‘simliklar bilan qoplangan.
Qizilqum okrugi florasi cho‘lga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, uzoq davom
etgan jazirama quruq yoz sharoitiga moslashgan kserofit, psammofit va zfemer
turlidir. Okrug bahorda ko‘k tusga kirib, efemer va efemeroid o‘simliklari —
rang, qo‘ng‘irbosh, yaltirbosh, lolaqizraldoq, lola, boyralcha, chuchmoma,
kovrak kabilar bilan qoplanadi. Lekin yozning boshlanishi bilan efemer va
efemeroid o‘simliklari sarg‘ayib qurib qoladi, so‘ngra o‘z vegetasiyasini
psammofit, kserofit tur o‘simliklari davom ettiradi.
Okrugning mustahkamlashgan qumliklarida juzrun, oq saksovul,
quyonsuyak, hum akasiyasi, qondim, urg‘ochi (mayda) selin kabi o‘simliklar
o‘sadi. Qizilqumning markaziy qismidagi sur qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan
qoldiq tog‘larda va tog‘ etaklarida, shuvoq, burgan, tereskin, toshburgan,
saksovul o‘sadi.
Okrugning sho‘rxok, sho‘rtob va sho‘rxok botqoq tuproqlar tarqalgan
botiqlarida qora saksovul, yulg‘un, baliqko‘z, sarisazan, qorabaroq, potash va
93
boshqa bir yillik sho‘ralar uchraydi. Taqir na taqirli tuproqlar mavjud bo‘lgan
erlarda donasho‘r, bir yillik sho‘ralar o‘sadi.
Okrug zoogeografik xususiyati jihatidan Turon provinsiyasining Qizilqum
zoogeografik rayoniga mansubdir. Okrug hayvonot olami Turkiston cho‘llariga
xos bo‘lgan vakillar bilan tavsiflanadi. Lekin okrugda taroq barmoqli
qo‘shoyoq, xo‘jasavdogar kabi endemik vakillar mavjud.
Qizilqum okrugining ko‘p qismini qumlicho‘llar tashkil etib, unda
kemiruvchilardan ingichka oyoqli yumronqoziq, qum sichqoni, shalpangquloq,
qo‘shoyoqlar, toshbaqa, tipratikan kabilar yashaydi. Sudralib yuruvchilardan
dumaloq boshli kaltakesak, agama, echkemar, so‘ink gekkoni, o‘qilon, dum
bo‘g‘ma iloni, efa iloni (charx ilon) yashaydi.
Qumli cho‘llarda sut emizuvchilardan cho‘l mushugi, jayron, xongul,
sayg‘oq (oq quyruq), bo‘ri, tulki, quyon uchraydi. Hasharotlardan esa chiyon,
qoraqurt, tarantul, falang, chigirtka bor.
Qizilqum okrugining Amudaryo sohilarida to‘qayzorlar ham mavjud
bo‘lib, unda g‘oz, o‘rdak, qirg‘ovul, to‘ng‘iz kabi hayvonlar bor. Qizilqum
okrugida qushlardan xo‘jasavdogar, iilqichi, tentakqush, so‘fito‘rg‘ay, yo‘rg‘a
tuvaloq, qum chumchug‘i kabilar uchraydi.
Qizilqum okrugidagi Amudaryo
sohillarida joilashgan to‘qay landshafti va u erdagi o‘simlik hamda hayvonlarni
(xongul, jayron, to‘ng‘iz, qirg‘ovul, o‘rdak, roz va bosh.) muhofaza qilish
uchun Qizilqum qo‘riqxonasi tashkil etilgan.
Qizilqum okrugi tabiiy boyliklarga serob hudud hisoblanadi. Eng muhim
boyligi mineral resurslari (oltin, uran, gaz, fosforit, korund, grafit)dir. Bundan
tashqari okrugda iqlim, resurslari, yaylov o‘tloqlari, er osti suvlari, mo‘yna
beruvchi hayvonlari ham mavjud bo‘lib, ular yurt boyligidir.
Qizilqum okrugi o‘z navbatida L. N. Babushkin, N. A. Kogay (1964) ning
rayonlashtirish tizimi bo‘yicha Sultonvays, Shimoliy Qizilqum, Bo‘kan
etimtog‘, Jao‘ubiy Qizilqum, Tomdi — Quljiqtog‘ kabi tabiiy-geografik
rayonlarga bo‘linadi.
I.
Sultonvays tabiiy-geografik rayoni shu nom bilan ata luvchi qoldiq
tog‘ning va uning atrofidagi hududlarni o‘z ichiga oladi. Sultonvays tog‘i
emirilgan va assimmetrik tuzilgan bo‘lib, janubiy yon bag‘riga nisbatan tik.
Tog‘ Amuaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashib, kenglik bo‘ylab 40—45 km ga
cho‘zilgan, o‘rta cha kengligi 10—15 km, eng baland ashitog‘ cho‘qqisi 475 m
ga eta di. Sultovvays tog‘i g‘arbga qarab pasayib bir-biridan ajralgan Shayx,
Jeyli, Quyanchiq, Zangbobo, Jumurtog‘ kabi balandliklarni hosil qiladi.
Iqlimi cho‘lga xos xususiyatlar bilan tavsiflanib, skeletli surqo‘ng‘ir tuproq
tarqalgan bo‘lib, asosan shuvoq o‘sadi.
Shimoliy Qizilqum tabiiy-geografik rayoni. Bu rayon Qizilqumning 42°
shimoliy kenglikdan shimolda bo‘lgan erlarini, ya‘ni Bo‘kantog‘ va
etimtog‘larning shimoliy qismidagi hududlarni o‘z ichiga olib, asosan, qum
massivlaridan iborat. Rayon hududining ko‘p qismini pliosen — eski
94
to‘rtlamchi davr platolarining emirilishidan (nurashidan) vujudga kelgan eol
qumliklari, xususan, qumlarning ari uyasisimon marza, zol relef shakllari
egallaydi. Rayon Qizilqum okrugining eng sovuq (yanvarning o‘rtacha
harorati—7,8°), vegetasiyali qish 0 ga teng bo‘lgan rayoni hisoblanadi yozi esa
okrugdagi eng past haroratga ega bo‘lib, iyulning o‘rtacha harorati +29° dir.
Asosiy tuprori qumli tuproq bo‘lib, unda oq saksovul va boshqa o‘simliklar
o‘sib qizilqum tur eol qumli landshaft bilan tavsiflanadi. Shuningdek, ba‘zi sur
o‘nrir tuproqlar tarqalgan erlarda efemer o‘simliklar o‘sadi. Rayonning g‘arbiy
qismida Oqchadaryoning qadimiy delta tekis liklari mavjud bo‘lib, u meridian
bo‘ylab 75—80 km ga cho‘zilib, kengligi 6—7 km ga etadi. Bu erlar allyuvial
yotqiziqlar bilan |qoplanyb, taqirlar, sho‘rxoklar mavjud bo‘lib, qora saksovul
va boshqa o‘simliklar o‘sadi.
Bo‘kan etimtog‘ tabiiy-geografik rayoni. Rayon o‘z ichiga Bo‘kantog‘,
etimtog‘, Oltintog‘ va Kokpatos tog‘larini hamda tog‘ ol di prolyuvial
tekisliklarini oladi. Rayonning sharqdan g‘arbga uzunligi 230—340 km.
Rayonning asosiy qismini Bo‘kantog‘ egallab bir qancha (Tubabergan,
Bo‘zdantog‘) tog‘lardan iborat bo‘lib, eng baland Irlir cho‘qqisi 764 m ga etadi.
B)o‘kantog‘ning janubida esa oltintog‘ (eng baland eri 522 m) joylashib u
sharqda Kok patas balandligiga tutashib ketadi. Rayonning sharqida. etimtog‘
joylashib, u etimtog‘ 1 va 2, kiyiktog‘ va Toktintog‘ kabi past tog‘lardan iborat
bo‘lib, eng baland eri 565 m ga etadi. Bu tog‘lar naleozoy erasining har xil
cho‘kindi va otqindi jinslaridan iborat bo‘lib, yalang hamda soylar bilan
kesilgan. Tog‘larning etagyda shagal va gipsdan tashkil topgan prolyuvial
tekisliklar joylashgan.
Tog‘larning janubiy tog‘ oldi mintaqasida esa tog‘ oldi tekisliklari, qum
massivlari, berk tubi sho‘rxoklardan iborat botiqlar joylashgan. Ularning eng
muhimi O‘zbekistonning eng past (12 m) eri bo‘lgan Mingbuloq botig‘idir.
Keyingi vaqtlarda, inson xo‗jalik faoliyati ta‘sirining kuchayishi natijasida, o‗lkaning
tekislik qismida geomorfologik jarayonlar faollashib ketdi. Masalan, Qoraqum va
Qizilqumning o‗zlashtirilishi natijasida, eng avvalo o‗simlik qoplamining nobud qilinishi,
qumlarni harakatga keltirib, hozirgi vaqtda 1 mln. km
2
dan ortiq maydonda harakatdagi
qumlar paydo bo‗lgan. Bu harakatdagi qumlar, aholi punktlarini, yo‗llarni, vohalarni,
kanallarni qoplab olib juda katta muammolarni vujudga keltirmoqda. Keyingi vaqtlarda,
yangi yerlarning o‗zlashtirilishi eroziya, ya‘ni irrigatsiya eroziyasining kuchayishiga olib
kelmoqda, shuningdek, tuproq qoplamining sho‗rlanishi tezlashmoqda.
Dostları ilə paylaş: |