Bodayto‘qay qo‘riqxonasi Qoraqalpog‗istonning Beruniy rayoni hududida,
Amudaryo qayirida joylashgan. Bodayto‗qay to‗qay o‗simliklari bilan
qoplangan orol va yarimorolllarni ishg‗ol qilgan noyob tabiatli qo‗riqxonadir.
Qo‗riqxonada o‗simlik va hayvon turlari ko‗p. Bu yerda buta, turang‗i, yulg‗un
va qiyoqzorlar mavjud. Qo‗riqxonada yovvoyi cho‗chqa, bo‗rsiq, quyon, xiva
qirg‗ovuli, olachipor qizilishton va boshqa hayvon hamda qushlar yashaydi.
Qo‗riqxonadagi aralash to‗qaylar va ularning tabiiy tarkibi faqat shu joylarga
xos bo‗lib Respublikaning boshqa joylarida uchramaydi. Qirg‗ovulning Xiva
kenja turi, Eron sarsabili, chirmovuqning uch turi faqat shu yerda mavjud.
Qo‗riqxonada bir vaqtlar Sobiq SSSR Meditsina fanlari akademiyasi
Virusologiya institutining ilmiy xodimlari xalqaro dastur bo‗yicha ilmiy ish olib
borgan edilar. Bodayto‗qay qo‗riqxonasining asosiy vazifasi Amudaryo
qayiridagi tabiiy komplekslarni o‗rganishdir.
Nurota qo‘riqxonasi Nurota tizmasi yonbag‗irlarida 1975 yilda tashkil
qilingan bo‗lib, uning maydoni 40 ming gektardan iborat. Qo‗riqxonada «Qizil
kitob»ga kirgan arharlar bilan tog‗ qo‗yi, shuningdek, yovvoyi cho‗chqa,
suvsar, «Qizil kitob»ga kiritish mo‗ljallanayotgan mitti shunqor va boshqa
hayvonlar muhofaza qilinadi. Olimlarning fikriga ko‗ra, 2,5 ming bosh saqlanib
qolgan Seversov yovvoyi qo‗yi mahalliy sharoitga moslashgan yangi qo‗y
zotlarini yetishtirish uchun muhim ob‘ekt bo‗lishi mumkin. Nurota
qo‗riqxonasining asosiy vazifasi tog‗-dasht landshaft mintaqalarini, ayniqsa,
Seversov qo‗yi ekologiyasini o‗rganish va muhofaza qilish metodlarini ishlab
chiqishdan iborat.
Zarafshon qo‘riqxonasi Samarqand shahrining shimoli-sharq qismidagi
suv ayirg‗ichdan sharq tomonda, Zarafshon daryosining qayirida tashkil
qilingan. U ilgari Zarafshon zakaznigi deb atalar edi. Qo‗riqxonaning o‗simlik
va hayvonot dunyosi xilma-xildir. Qayir to‗qaylarida 140 dan ortiq o‗simlik turi
o‗sadi. Bu yerda keng tarqalgan parranda Zarafshon qirg‗ovulidir.
Qo‗riqxonada chiyabo‗ri, tulki, bo‗rsiq, to‗qay mushugi va boshqa hayvonlar
uchraydi. Qo‗riqxonaning asosiy vazifasi qayir-to‗qay tabiiy komplekslarini
saqlash hamda qirg‗ovulni muhofaza qilish va ko‗paytirishdir. Hozirgi vaqtda
qo‗riqxonada asalarichilik rivojlanmoqda.