16
Og’zaki bayon qilish usuli ikki xil ko’rinishda bo’lishi mumkin: 1.
Monologik bayon qilish, bunda faqat o’qituvchi gapiradi, o’quvchilar esa
uning nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qo’l mehnati darslarida u tushuntirish
va hikoya qilish, instruktaj ko’rinishida bo’ladi. 2. Dialogik bayon bo’lib bu
o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro suhbatidir.
Tushuntirish va hikoya qilish Bu usulda materiallni jonli va obrazli
bayon qilishdir. Bu holda yangi bilimni o’qituvchining o’zi beradi. Bahzan
suhbat davomida o’quvchilarning qanchalik o’zlashtirayotganliklarini bilish
maqsadida ularga savollar bilan murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya
agar bajarilgan ishlar, natural rasmlar, rasmlar, fotosuratlar va shu kabilarni
ko’rsatib
bajarilsa,
anchagina
tushunarliroq
bo’ladi.
Bu
o’rinda
tushuntirayotganda – ko’rsat va tushuntir degan qoida bajariladi. Yangi
materialni bayon qilishda o’quvchilarning bir xil emasligini nazarda tutish
lozim. Tushuntirishda bu o’zlashtiruvchilarga alohida ehtibor berish lozim.
Hikoya qilish jarayonida ularning idroklarini faollashtirish maqsadida
tushuntiralayotgan material yuzasidan ularga bir-ikkita savol berish mumkin.
Suhbat turli o’quv maqsadlarda, yahni yangi dastur materialini
bayon qilish, bilimlarni rejalashtirish va chuqurlashtirish uchun takrorlash
jarayonida, o’quvchilarning bilimini tekshirish uchun qo’llanishi mumkin.
O’quvchilarni ulardagi qiziquvchanlikni qo’zg’ab, savollar berishga
undash foydalidir. Umumlashtiruvchi suhbat yaxshi samara beradi.
Suhbat xuddi hikoya singari mahlum talablarga javob berish kerak,
yahni:
-
savollar shunday shakllantirishi lozimki, ular o’quvchilar
tafakkurini faollashtirsin, ularni aniq va ishonarli javobni izlashga
undasin;
-
mavzuni ochib berishda izchillik bo’lishi uchun suhbatning rejasi
oldindan tuzib qo’yilgan savollari albatta bo’lishi kerak;
-
o’quvchilarning diqqati qaysi dalil va xulosalarga qaratilishi
oldindan belgilanishi lozim.
Suhbat o’quv materilining chuqur va ongli egallanishiga yordam
berishi: o’quvchilarda bo’lajak amaliy ishni ongli rejalashtirish malaka va
ko’nikmalarini shakllantirishda vosita xizmatini o’tashi; egallangan bilimlarni
amalda qo’llash malakalarini sindirishga yordam berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: