Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

Mashqlar  olingan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash 
maqsadida o’tkaziladi. O’qituvchi ko’nikma va malakalarni mastahkamlash 
maqsadida o’quvchilarga turli mashqlar beradi, bunda u ijodiy xarakterdagi 
ishlarni tashkil etib ko’proq mustaqillik talab etuvchi mashqlarni nazarda 
tutadi. 
Bu metodning mohiyati borgan sari murakkablashib boruvchi usul va 
harakatlarning ongli hamda ko’p marta takrorlashidir. 
Mashqlar ommoviy va yakka tartibda bo’ladi, yahni butun guruxda bir 
xil ishni va barcha o’quvchilar turli ishlarni bajarishlari mumkin. 


17 
Mashqlarning xarakterli xususiyati ayni bir harakatning takrorlanishi bo’lgani 
uchun o’quvchilarda bajarilayotgan ishga nisbatan qiziqishini saqlash talab 
etiladi. 
Mashqlar yakunida ishlarni tahlil qilish, eng yaxshi ishlarning tahliliga 
tayanib, kim qanday natijalarga erishganligini ko’rsatish lozim. Ayni bir vaqtda 
kamchiliklar ustida ham to’xtash va ishning sifatini yaxshilash yoki bajarish 
tezligini oshirish uchun nimalar qilish kerakligini tushuntirish lozim.
Amaliy ishlar o’quvchilarga egallangan bilimlarini amalda qo’llashni 
o’rgatishga yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini o’quvchilarning 
o’zlari mustaqil tuzishlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. 
Ko’rgazmali qurollarni o’quvchilar tomonidan bajarilishini ham amaliy 
ishlarga kiritish mumkin. Bu egallagan bilimlarni mustahkamlashga yordam 
beradi. 
Laboratoriya ishlari ishlari tahlimning turli bosqichlarida bo’lishi 
mumkin. Laboratoriya ishlarini o’tkazilishi egallagan bilimlarni ishonarlilik 
kuchini oshiradi, bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi, ularni amalga 
qo’llashga o’rgatish uchun xizmat qiladi. 
Laboratoriya ishlari yangi bilimlarni berish maqsadlarida ham o’tkazilishi 
mumkin. 
Laboratoriya ishlari jarayonida o’quvchilarda mahsuliyatni his etish, 
kuzatuvchanlik, diqqatlilik rivojlanadi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin