Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

KO’P RANGLI APPLIKATSIYa 
Ko’p rangi applikatsiyalarni qirqish ancha murakkab ish bo’lib, tasvirni 
qismlarga ajratish bilan aloqadordir. Bu turdagi applikatsiyalarni bajarishda 
fonni tanlash juda muhimdir. Fon ifodalangan predmetlar rangidan ochroq 
bo’lishi kerak. Ana shunda predmet xuddi bo’rtib turgandek yorqin ko’rinadi. 
Hammasi o’ylagan asarga bog’liq. Fondda joylashgan detallar rangi ham 
shunga qarab tanlanadi, detallarning tabiiy joylashishi va o’lchamlarining 
uyg’unligiga ehtibor berish kerak. Bu ishlarning bajarishning bir necha usullari 
mavjud: ayrim detallar oldindan belgilamay qirqiladi, ayrim detallar esa 
belgilangan eskizlar bo’yicha qirqiladi. 
Ko’p rangli applikatsiyalardan biri dekorativ applikattsiyalardir. 
Dekorativ applikatsiya - naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida 
tasvirlangan hodisa harakatlar uyg’unligini aks ettiruvchi manzaralardan 
iborat bo’lishi mumkin. 
Dekorativ applikatsiyalarni bolalar kitob, oynoma va boshqa 
materillardan olishlari, ayrim elementlarni qo’lda yaratishlari mumkin. SHarq 
naqshi applikatsiyasining bu turi uchun boy material hisoblanadi. Dekorativ 
applikatsiya bir va ko’p rangli bo’lishi mumkin. 
SHakliga ko’ra ornamental cheksiz va cheklangan bo’ladi. CHeksiz 
ornamentda uni tashkil etuvchi ayrim elementlar ritmik yoki simmetrik 
almashinib turadi. Bu elementlarning rangi, shakli bir xil bo’lishi mumkin. 
CHeklangan ornament bir shakl – kvadrat, to’g’ri burchak, doira, oval, 
va shu kabilar ichiga joylashadi yoki erkin kompanovka qilinadi. Undagi 
elementlar ham xuddi shunday fazoviy uyg’unlikda bo’lishi kerak.
 
BADIIY APPLIKATSIYa. 
 
Mavzuli ishlarni yaratish faqat mehnatga emas, balki badiiy 
tayyorgarlikni ham talab qiladi. Mehnat tahlimi darslarida applikatsiya ishlarini 
bajarilish texnikasi o’rganiladi. 
Rangdor surat applikatsiya mavzusining elementlarini o’quvchilar turli 
bayramlarga bag’ishlangan (tabriknomalar, ochiq xat muqovasini, yo’l 


89 
belgilari) ishlarini bajaradilar. Ish mavzu va fikr tanlashdan boshlanadi. 
Quticha ochiq tondagi qog’oz fon tarzida tanlanadi. Applikatsiyaga qaratilgan 
asarning yaratilishi va elementlar miqdori qog’ozni tashlashni belgilaydi. 
Asarni yaratish ustida ishlagan asosiy ehtibor tanlangan mavzuning 
mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o’lchamlari, ranglarni tanlashga 
qaratiladi.
Asarni yaratish hajmiga ko’ra eng katta element asosiy mavzu 
elementi bo’lishi mumkin. Buklash yo’li bilan yasaladigan ko’rsatmali 
qurollar va ularning yasalishi yo’llari 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin