Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy
vazifasi hisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini,
shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar
o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Samara – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va
daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot
ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo‘q qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab
chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.
Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi
tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda
murakkab va kompleks tavsifga ega.
Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda bir muncha tor ma'noni
anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo‘jalik yuritishda maqsadga
muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun
ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat
sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat
o‘rtasidagi farqni yo‘qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi.Ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorlik bir vaqtning o‘zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish,
korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama
rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi
hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va
madaniyatining o‘sishi, aholi sog‘lig‘ining yaxshilanishi va umr ko‘rishining
uzayishida aks ettiriladi.
Xo‘jalik samaradorligini baholash, korxonada foydalaniladigan resurs turlari
bo‘yicha amalga oshirilishi va miqdor jihatidan o‘lchanishi mumkin. Masalan,
ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va mahsulotnig
mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari yordamida quyidagi formula asosida baholash
mumkin:
Ч Q ПТ
Bu yerda:
PT - mehnat unumdorligi;
Q - mahsulot hajmi qiymat ko‘rinishida;
Ch - ishlovchilar (ishchilar) soni.
Mahsulotning mehnat sig‘imi mehnat unumdorligiga teskari kattalik bo‘lib,
sarflangan mehnat miqdorining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati
sifatida aniqlanadi: