Mehnat qurollari(asosiy
fondlar)dan
foydalanish
samaradorligi
mahsulotning fond sig‘imi va fond qaytimi ko‘rsatkichlari yordamida aniqlanadi.
Bunda fond qaytimi korxona asosiy fondlarining bir birligiga to‘g‘ri keluvchi
ishlab chiqarilgan mahsulotni anglatsa, fond sig‘imi esa fond qaytimiga teskari
kattalik bo‘lib, yangi asosiy fondlarni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan kapital
qo‘yilmalarni aniqlash vazifasini bajaradi.
Fond qaytimi (f
o
) va fond sig‘imini (f
ye
) aniqlash formulasi quyidagicha:
Ф Q fo
Bu yerda:
Q - mahsulot hajmi, qiymat pul ko‘rinishida;
F – asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati.
Q Ф fe
Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi, mahsulotlarning material
sig‘imi yordamida sarflangan xom ashyo, material, yoqilg‘i, energiya va mehnat
predmetlarining umumiy qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati
orqali aniqlanadi. Uning formulasi quyidagicha:
Q M m
Bu yerda:
m - mahsulotlarning material sig‘imi;
M - mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan moddiy xarajatlarning umumiy
miqdori pul ko‘rinishida;
Q - ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, qiymat ko‘rinishida.
To‘lov qobiliyati koeffitsiyenti (K
pl
) korxonaning debitorlar bilan o‘z
vaqtida hisob-kitob qilish hamda tayyor mahsulot va boshqa moddiy vositalarini
sotishning qulay sharoitlarda sotish orqali baholanadigan to‘liq imkoniyatlarini
ko‘rsatadi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
зк дз пл Д П П А К
2
2
Bu yerda:
A
2
– aylanma aktivlar (ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, pul
mablag‘lari, debitorlik qarzlari va hokazolar);
P
2
– majburiyatlar (qisqa muddatli qarzlar, qisqa muddatli kreditlar, byudjet
oldidagi qarzlar, kreditorlik qarzlari va hokazo);
P
dz
– muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzlari;
D
zk
– uzoq muddatli qarz va kreditlar.