Buxoro davlat universiteti tairova m. M. Giyazova n. B. Hamidov m. E. Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/93
tarix14.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#113518
növüМетодическое пособие
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93
korxona iqtisodiyoti

Tiklanish qiymati bo‘yicha - asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini 
(binolar, qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo) hozirgi 
paytdagi inflyasiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. 
Baholashning bu usuli ob'ektning hozirgi paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida 
qancha turishini ko‘rsatadi. 
Qoldiq qiymati bo‘yicha - asosiy fondlarning eskirishini inobatga olgan holda, 
birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o‘rtasidagi farq ko‘rinishidagi baholashdir. 
Boshqacha qilib aytganda, bu asosiy fondlarning ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarga hali o‘tkazilmagan qismidir. 
Hozirigi kunda amaliyotda asosiy vositalarning korxona balansi va 
hisobotlarida aks ettiriluvchi (ya'ni, boshlang‘ich, belgilangan tartibda 
o‘tkaziluvchi qayta baholashdan keyin esa tiklanish), hisobga olish qiymati balans 
qiymati deb ataladi. Bundan asosiy vositalarning qoldiq qiymatini asosiy 
vositalarning balans qiymatidan eskirish summasini ayirib tashlash yordamida 
topish mumkinligi anglashiladi. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi 
korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish 
dasturini asoslashda katta rol o‘ynaydi hamda korxonaning belgilangan 
nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha potensial 
imkoniyatlarini tavsiflaydi. 
Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – bu, ma'lum bir vaqt 
davomida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni 
tashkil qilishning ilg‘or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan 
mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar hajmining natural ko‘rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi 
va mahsulotning alohida turlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatiga ko‘ra aniqlanadi. 
Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang‘ich (yil boshida), 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin