T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Kichkinaning o
g‘zi lang ochildi. Аbdulloh esa har bir gapi uchun
Аydarni bo‘g‘ib o‘ldirishga hozir edi, biroq u kutilmaganda xuzunga cho‘kdi,
o‘zini bu xuzundan qutqara olmay qoldi.
Faqat: «Аllohumakfiniy bi ma shiʼta!» der edi ichida.
Sahih hadisda aytilishicha, bir necha ming yillar avval bir voqea sodir
b
o‘lgan. Bu voqea payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va
sallamdan ham ilgari yuz bergan.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning aytishlaricha, qadimda bir
podshohning sehrgari bor edi. Sehrgar qarib qolgach, podshohga dedi:
– Hukmdorim, men keksaydim, bir shogird bering, unga sehr ilmini
o‘rgataman, o‘lsam, xizmatingizni qiladi.
Podshohning amri bilan bir yosh bolani sehrgarga shogirdlikka
berdilar.
Sehr shunday ilm ediki, uni osmondan Bobil shahriga tushgan ikkita
farishta odamlarga
o‘rgatishgan. Farishtalarning ismi Horut va Morut edi.
Ular sehr ilmini
o‘rgatishdan oldin: «Bu katta gunoh, uni o‘rganish, sehr
qilish kufrdir. Bizning ishimiz fitna qilishdan iborat», – deyishardi. Biroq
odamlarning kofirlari sehrni
o‘rganaverishdi, Аllohga kufr keltirishdan
q
o‘rqmadilar. Ular sehr vositasida, asosan, er-xotinlarni bir-biridan
sovutishardi, ajratishardi.
Аllohning izni bilan sehr orqali insonlarga biroz
ziyon-zahmat yetkazishardi.
Maqsadlari odamlar ustidan hokim b
o‘lish edi. Bu hodisa Sulaymon
alayhissalom davrlarida sodir b
o‘ldi. Аlloh taolo Sulaymon alayhissalomga
barcha dev va jinlarni b
o‘ysundirib berib, sehrgarlarning naqadar zaifligini
odamzodga yaqqol k
o‘rsatib qo‘ydi. Lekin qalbi kufr sababli qulflanganlar
sehr bilan mash
g‘ul bo‘lishardi, baʼzi kofir podshohlar esa maxsus sehrgar
xizmatidan foydalanganlar.
Hadisi sharifda aytilayotgan hikoyatda ham bir kofir podshohning
sehrgari haqida gap boryapti.