T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Аshaddiy terrorchilar siyosiy va islomiy degan ikki sinfga ajraladi.
Ularga belgilangan kundalik maxsus jazolar haqida bizga qahramonlarimiz
s
o‘zlashadi, biz esa eng og‘ir azob islomiylarga yo‘naltirilganligini ayta
olamiz. Shu sababli, barcha jamloqlarda «islomiy» so‘zi mudhish
jaranglaydi, insoniy azoblanishning jami turi shu s
o‘zga singdirib
yuborilgan. «Islomiy» terroristlar taʼrifi vabodek dahshatli edi. Har bir
mahkum ular haqidagi afsonalarni eshitadi va ularni, shubhasiz, tahqirlashi
shart. Tahqirlashning eng yumshoq shakli oddiygina s
o‘kishdir.
Аydar mirshabboshidan kamerada islomiylar haqida gapirish hamda
Аbdullohni ajratib qo‘yish haqida buyruq olgan edi. Shuning uchun, Аydar
Аbdullohdan avvalroq kameraga qaytib, xuddi eng kerakli, olamshumul
yangilikni bilib olgandek eʼlon qildi:
– Аnavi Аbdulloh islomiy ekan!
Kichkina bu s
o‘zning dahshatini hali umuman anglamasdi. Shuning
uchun angraydi. Naynov esa g
o‘yo «ajablanib», qattiq «qo‘rqib», o‘rnidan
sapchib ketdi:
– Yo‘g‘e, rostanmi? Voy ...! – deb so‘kindi. – Uning turqiga qarab,
odam debman-a! Hayvon ekan-ku! Ch
o‘chqa ekan-ku! To‘ng‘iz! Maymun!
Kichkina Naynovning bu «mutaassirligi»dan cho‘chib ketib, shoshib
s
o‘radi:
– Islomiy nima degani? Shunaqa qo‘rqinchlimi?
Аydar Kichkina juda «maʼnoli», «ezgin» nigohlar bilan boqdi.
– Bilmasang, o‘zingga yaxshi, – deb «xo‘rsindi».
– Nega unday deysiz? – deb «astoydil kuyindi» Naynov. – Bola
bilsin, kim bilan
o‘tiribdi, atrofida kim bor, hammasini bilsin!
Аydar «g‘am»ga botib, javob berishga ulgurmay Аbdulloh kelib qoldi.
Shu bois, hech kim unga salom ham bermadi, bir s
o‘z aytmadi. Bir ozdan
keyin
Аydar temir finjoniga achchiq choy damladi, choy dam yeb, rangi
chiqqunicha gazetaga tamaki
o‘radi, tamakini yoqdi, ikki marta chuqur