T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
– Аbdulloh, – dedi u. – Mana shu qog‘ozga menga aytganlaringizni 
batafsil yozing. Eng mayda jihatlarga ham diqqat qarating. 
Аbdulloh advokati Tublibekka savolomuz qaradi. 
– Shunday, qonunga ko‘ra tushuntirish xati yoziladi, – deb tushuntirdi 
advokat. 
Unutmang, Аbdullohbey, bu xat jinoiy ishning yuragi 
hisoblanadi. 
Tushundim, – dedi Аbdulloh va: «Bismillah», – deya yozishga 
kirisharkan, ichida duo 
o‘qidi: «Robbi ishrohli sodri, va yassirli amri, vahlul 
uʼqdatan min lisani, yafqohu qovli». 
Аbdulloh o‘qigan bu duo Toha surasining 25 – 26-oyatidir. Muso 
alayhissalom firʼavn huzuriga Аllohning amrini bajarmoq uchun yo‘l oldi. 
Va mazkur duoni 
o‘qidi: «Robbim, O‘zing qalbimni keng qilgin, ishimni 
oson ayla! Tilimdagi tugunni yech: s
o‘zimni anglasinlar!» 
Аlloh taolo payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga 
vahiy y
o‘li ila Muso alayhissalom qissasini bildirdi, Muso alayhissalom 
o‘qigan buyuk duoni o‘rgatdi. Qurʼoniy bu duo katta va mushkul ish 
qarshisida turgan har bir m
o‘min uchun Аllohga yolvorish, Undan yordam 
s
o‘rashning eng to‘g‘ri, eng ishonchli yo‘li bo‘lib qoldi. Аbdulloh ham bo‘lib 
o‘tgan voqeani bayon etishga kirishar ekan, shu duoni o‘qidi, qalban 
Аllohga tavajjuh etdi.
Аbdulloh tergovchining taʼlimiga tayanib, tushuntirish xatida dastlab 
o‘zini tanishtirdi, soxta guvohlik yoki ko‘rsatma bermasligini aytdi, keyin 
voqeani bayon qildi. Voqea juda qisqa edi, ch
o‘zib yozishning imkoni 
b
o‘lmadi: «Bir uyg‘urni bir xitoyi urdi, men mazlumni himoya qildim, xolos». 
Tergovchi tafsilotlarni batafsil 
o‘rganishini maʼlum qildi, daʼvogar 
jab
rlanuvchi hamda guvohlar bilan yuzlashtirishini taʼkidladi, imzolash 
ishlarini yakunlagach, hujjatlarni papkaga joyladi, advokat bilan 
Аbdullohni 
qoldirib, xonani tark etdi. 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin