T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
deb, 
Аnjelinaga qaradi. – Xonim, siz istagan joyingizga borishingiz mukin. 
Sizga 
o‘zim hamrohlik qilaman. Odamlar bilan tanishtiraman. 
Musulmonlar mavzesi boshqa k
o‘chalardan ajralib turishi sezildi: 
tozaligi, tartibi, odamlarining yurish 
–turishi g‘ayridin hindlardan farqli, 
albatta. 
Аshoka Аnjelinani Boburiylar xonadoniga taklif qildi. Xonadon 
sohiblari qandolatfurush ekan. Hovlining atrofidayoq shirin taʼm, yoqimli 
iforlar kezadi. Kiraverishda bir qancha mijozlar k
o‘rindi. Ularning baʼzilari 
qo
g‘oz qutilarni o‘z ulovlariga yuklashmoqda, baʼzilari o‘rta bo‘yli, 
qorachadan kelgan, oq salla o
‘rab, uzun kulrang ko‘ylagi ustidan yengsiz 
jigarrang nimcha kiygan, moshkichiri soqolli, k
o‘z oynak taqqan, yoshi 
elliklar atrofida bir odam bilan suhbatlashmoqda. 
Аshoka va boshiga pushti guldor ro‘mol o‘ragan ajnabiy ayolni ko‘rib, 
u odam hamsuhbatlariga uzr, aytdi -da, ular tomonga yurdi. 
– Аshoka, seni bizning uyga qaysi shamollar uchirdi? – dedi kulib. – 
Xush kelibsan! 
Ular s
o‘rashishgach, Аshoka Аnjelinaga musulmon do‘stini tanishtirdi: 
– Аnjelina xonim, bu insonning ismi Xo‘ja Аli og‘a. Musulmonlar 
mavzesi oqsoqoli. Bu kishining bobolarining otalari s
o‘nggi Boburiy 
hukmdor Bahodirshoh Zafar saroyida munshiy b
o‘lib xizmat qilganlar. 
– Siz bilan tanishish men uchun sharaf! – dedi Аnjelina xursand 
b
o‘lib. 
– Rahmat, xonim, xush keldingiz, – dedi Xo‘ja Аli, biroq xonimni 
tanimagani uchun 
Аshokaga savol nazari bilan qaradi. 
– Bu Аnjelina xonim, Boburiylarning muxlisi, sizlarga juda qiziqyapti, 
– dedi Аshoka. 
– Xo‘ja Аli janoblari, – dedi Аnjelina. – Men uchun Islom, 
musulmonlar tarixi, hayoti qiziqarli mavzu, boburiylar y
o‘li esa juda jozibali. 
Men uchun kitoblardagi maʼlumotlar ham, hatto, tarixiy yodgorliklar ham tirik 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin