T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 tarix b
o‘lgan insonlar bilan suhbatlashishdek muhim va zavkli emas.
Аminmanki, sizda meni jalb etadigan ajoyib haqiqatlar bor.
X
o‘ja Аli mehmonlarni ichkariga taklif qildi, o‘g‘illaridan biriga ishini
topshirdi, choy keltirdi.
– Ehtiromingiz va adolatingiz ehtiromga loyiq, – dedi mehmonlarga
shirinlik va choy uzatib.
– Biroq maqsadingizni bilishni istardim, chunki biz
musulmonlar Hindistonda k
o‘rayotgan zulmlarning chegarasi bo‘lmayapti.
Shunday holda,
Аnjelina xonimning tashriflaridan hayronman, ochig‘i.
– Xo‘ja Аli janoblari, mening maqsadim haqiqatdir, – dedi Аnjelina. –
K
o‘zbo‘yamachilik, yolg‘on, soxtalikni yoqtirmayman. Men sizlar bilan xolis
tanishmoqchiman. Kerak b
o‘lsa, buyuk sulola haqiqatini butun dunyoga
yetkazishga harakat qilaman.
– Juda yaxshi niyat, insha Аlloh, – dedi Xo‘ja Аli jiddiy. – Biroq
bizning hayotimiz, taqdirimiz y
o‘li sizni larzaga soladi, deb qo‘rqaman. Va
bu masalada, avvalo, xonadonimiz ayollari bilan dillashsangiz, maqbul ish,
nazarimda.
Chunki ayolning tilini ayol biladi, keyin q
o‘shimcha savollaringizga
o‘zim javob beraman.
Аnjelina tashakkur aytdi. Аslida ham, uning niyati xonadon ichidagi
xonimlar
bilan
suhbatlashmoq
edi.
Chunki
chodralar
ichidagi
muslimalarning ichki dunyosi uni tobora
o‘ziga tortyapti, axir, Muhammad
Zahiriddin Bobur va u kabi yuzlab fotihlarni tarbiyalagan muslima
ayollarning bugungi siyratlari qanday ekan?!
O‘N SАKKIZINChI BOB
Tergovchi
Аbdullohga mushtlashuv yuzasidan bir necha savollar
berdi.
Аjabki, so‘roq yarim soatda tugadi. Tergovchi ayblanuvchiga qog‘oz
va qalam tutqazdi.