T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
o‘girgan. Yuvoshlar uchun ancha yengilliklar bor, buning tafsilotini keyingi 
boblarda, 
Аlloh nasib etsa, kitobxonlar bilib olishadi. 
Аshaddiy terrorchilar esa qamoqda odam sonidan chiqarilgan 
mahkumlardir. Ularni mirshablar ham, boshqalar ham oddiy hayvon yoxud 
zararkunanda hasharot kabi k
o‘radi. Hasharot bo‘lganda ham, ko‘proq 
suvarak, deb 
o‘ylashadi. Chunki ular ashaddiy terrorist! 
Ularning ashaddiyligining birinchi belgisi 
– mirshablar bilan hamkorlik 
qilishmaydi. Bu yerda esa: «Menga do‘st emasmisan, demak, 
dushmanimsan!» qonuni ishlaydi. 
Аshaddiylar tamaki, nos chekmaydi, so‘kinmaydi, dindan ham 
chiqmagan, hamisha ozoda yuradi, mehnatdan b
o‘yin tovlamaydi, faqat 
eng xavfli ishlari: ular bir-birlari bilan gaplashishadi, bir-birlariga 
qay
g‘urishadi, bir burda nonini ham sherigiga ilinadi, ustiga ustak, pichirlab, 
imo-ishora bilan namoz 
o‘qiydi, Qurʼon qiroat qiladi, bir nuqtaga tikilib 
qoldimi, tamom, qandaydir zikr bilan mash
g‘ul! 
Jinoyatchilar va yuvoshlarning qamoq hayotidagi eng muhim vazifasi, 
aniqroq aytsak, umrining mazmuni ashaddiylarning har daqiqasini 
mirshablarga yetkazib berishdir. Har bir ashaddiyga biriktirilgan yuvoshlar, 
jinoyatchilar 
bor. 
Ular 
o‘z nishonlarining uyqudagi hurragi, yel 
chiqargandagi ovoz detsibili, peshob payti necha daqiqa sarflanishi va 
hakozo daqiq maʼlumotlarni xotiralariga, qalblariga joylab, mirshablarni 
bundan, albatta, ogoh etishlari shart. Bu ular uchun «farz», ular uchun 
«vojib». 
Jinoyatchilarning deyarli hammasi mirshablar bilan hamkorlikda 
yashaydi. Yashaydi, deyapmiz, chunki hayotlari shunday 
o‘tadi. Bu 
hamkorlik mahkumlar hayotining ikir-chikirlaridan mirshabni xabardor qilib 
turishdir. Bu ishni jinoyatchilar yo ochiq, yo pinhon bajarishadi. Ochiq 
bajaruvchilar hammaga ayon, pinhon faoliyatdagilar esa nomaʼlum. 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin