T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 sigirlar, muhabbatga loyiq ilonlar, ilonlar, taʼzimga arziydigan maymunlar.
Isoning haykali
o‘rnatilgan, qo‘ng‘iroqlari jaranglab turadigan, devorlarida
nasroniy rivoyatlari tasvirlangan cherkovlar. Brahma, Shiva, Indra,
Ganesha, Ram va hokazo maʼbudlarning butlari uchun qurilgan butxonalar.
Аzonlari qalbni titratib, qiroatlari insonni larzaga soladigan masjidlar –
bularning hammasi
Аnjelinani maftun etdi. Qadimdan hindlar o‘z yurtlarini
Bxarat, deb atasharkan, Hindiston s
o‘zi esa musulmonlar tomonidan ko‘p
q
o‘llangan. «Panchatantra», «Mahabhorat», «Ramayana» va «Vedalar»
Аnjelina uchun buyuk tafakkur, yuksak gumanizm, chuqur falsafa o‘laroq
tuyuldi. Islom tarixida aytilishicha, Odam ato va Momo havo ham
Hindistondagi to
g‘larda yashab o‘tishgan.
Bir oylar
o‘tib, Аnjelina Hindistonga moslashib qoldi. Hindiy
salomlashuv, muomala, baʼzi so‘z va iboralarni o‘rgandi. Hindlarning
toifalari, qadimdan qolgan brahmanchilik, tabaqalanish haqida nafaqat,
eshitib,
o‘z ko‘zlari ila ko‘ra boshladi. Garchi, shimoliy va markaziy
Hindistonda odamlarning brahmanlar, kshatriylar, shudralar, hatto,
chandallar kabi tabaqalarga ajralishi u qadar sezilmasa -da, cheka
hududlar, ayniqsa, sharqiy va janubiy Hindistonda faqat shu qoidalar
ustunligini bilib oldi.
Boburshoh va uning avlodlari ana shu tabaqalanishga qarshi
kurashgani, musulmon b
o‘lmaganlardan jizya ham olganlari o‘rtaga chiqdi.
Boburiy podshohlar qudrat va taʼsir masalasida turlicha edilar. Ularning
ba
ʼzilar jizya olishda beeʼtibor bo‘lgan, ammo Аvrangzeb Olamgir ikkinchi
Hindistonni butunicha itoatga keltirgan, tabaqalanishga,
o‘liklarni yoqishga,
qaroqchilikka,
o‘zboshimchalikka qarshi qatʼiy kurashgan, mamlakatning
har bir nuqtasida Islomiy qoidalarni joriy qilishga tirishgan, biroq bu
hamisha ham samara bermagan. Hindlar ichida
o‘z butlariga sadoqatli
hamda jangari qabilalar k
o‘p bo‘lgan. Ular aksari hollarda taslim bo‘lib,
shartlarni qabul qilishardi, s
o‘ng yana tezda o‘z bilganlaricha yashardilar.