T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 o‘rningizni eplaydigan odamlarga bo‘shatib beringlar!» – deyishga haqqi
bor. Bu sira ham ajablanarli yoxud q
o‘rqinchli holat emas. Sharqda,
Osiyoda esa buni hech
o‘zlariga singdira olishmas ekan, ayniqsa,
musulmonlardan iborat mamlakatlarda hukumatdan yaxshi ishlashni talab
qilganlarni jazolashadi, holbuki, ular Yevropadagi kabi hukumatdan isteʼfo
so
‘rashmaydi ham. Keyinroq Islom tarixini batafsil o‘rganib, bizdagi bu
erkinlik Islom taʼlimotining asosi ekanligini ko‘rdim. Gap shundaki,
pay
g‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan keyingi Аbu
Bakr, Umar, Usmon,
Аli roziyallohu anhu davrlarida ularga jamiyatning
saʼviyali insonlari agar adolat qilmasang, seni o‘ldiramiz, deb
ogohlantirishgan. Oddiy odamlar davlat rahbarining qaroriga, agar unda
xatolik b
o‘lsa, eʼtiroz bildirishgan. Bu uchun hech kim qoralanmagan,
aksincha, olqishlangan. Yevropa Islomning shakli, qolipi bilan
o‘z hayotini
qurdi. Biroq Islom aqiydasini qabul etmadi, aqiydasiz islomiy qolip
Yevropani hurriyat va adolat
o‘lkasiga aylantirdi. Sharq va Osiyo esa
islomiy aqiydani ham, islomiy qoidalarni buzib yubordi. Mayli, bu chuqur
masala. K
o‘p jihatlari bor, keyinroq to‘xtalamiz.
Yevropaga nisbatan sharqliklarning yana bir munosabati butkul
taqliddan iborat. K
o‘p Osiyo odamlari parvonalar chiroqqa qanday talpinsa,
Yevropaga shunday talpinadi. Yevropaga ergashadi.
Аjablanarli jihati shuki,
osiyoliklar ham, sharqlielar ham Yevropaga eng birinchi b
o‘lib, kiyinishda,
maishiy turmush uslublarida taqlid qilishadi. Shaxsan, bu menga biroz erish
tuyuladi.
Аxir, Yevropa xalqi ochiq kiyinsa, stolda ovqatlansa, ichki, intim
hayotida qandaydir qoidalarga amal qilsa yoki bir jinsli nikohni tasdiqlasa,
shularni butunicha qabul qilsangiz, Yevropadek taraqqiyotga erishib
qolmaysiz-ku!
Men
o‘z o‘lkamning Yer yuzining boshqa hududlaridan ustunligini
taqliddan yiroqligida, odamlari
o‘z ichidagini boricha taqdim etishida hamda
insonlar
o‘z millatdoshlari ustidan hukm yuritishga intilmasliklarida, deb