T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
– Darvoqe, bolam, biz
shayx Qosim bilan gaplashdik, ertaga yana
kelamiz, javobini aytishadi. Insha
Аlloh, shayx senga qizini beradi.
X
o‘ja Аli to‘ygacha hayajonda yurdi. Xayriyat, kattalar yigirma kunda
t
o‘yni o‘tkazishdi, Buxoriy holvachi o‘rtada
turgani uchun ish juda oson
k
o‘chdi.
T
o‘ydan so‘ng, bir oydan o‘tib, Xo‘ja Аli ishga keldi. Endi uni tanib
b
o‘lmasdi: u sherday kuchga to‘lgandi, ishlab charchamasdi.
Sabriniso X
o‘ja Аli kutganidan aʼlo chiqdi. Kelinchak kambag‘algina
oilaga fayz kiritdi. X
o‘ja Аlining ikki akasi hali bo‘ydoq edilar, ota ularga ham
qiz izlab qoldi.
Bir yilga bormay, ular uylanishdi.
T
o‘y juda ixcham o‘tdi. Hindistonda iqtisodiy inqiroz behad kuchli edi.
Boylarning ham beli ingichkalab ketgan edi. Qolaversa, Islomda t
o‘ydan
murod nikoh eʼloni va ehson bo‘lgani uchun Xo‘ja Аsqarning o‘g‘illari
valimasi faqat eng yaqinlar kelishdi.
Kelasi bir yilda ikki aka ayollari bilan alohida chiqishdi.
Oilada X
o‘ja
Аli ota-ona xizmatida qoldi. U juda mamnun edi.
Аyoli Sabriniso juda mehnatkash, siniqdil va ibodatgo‘y edi. Nafl ro‘za
va namozlar
o‘qigani erini rag‘batlantirardi, ulamolar suhbatida bo‘lishga
chaqirardi, «Ko‘p ishlamang, kam, lekin barakali ishlang,
baraka esa
Аllohning zikrida», – der edi eriga.
X
o‘ja Аli uylanib, hayotiga rang, mazmun kirganini sezdi. Ustaning
duosi bilan uyida qandolatxona ochdi.
Аyoliga ham hunaridan o‘rgatdi.
Sabriniso homilador holida ham mehnat qilardi.
Ishlayotganida esa labi
ti
nimsiz qimirlaydi. U bu holda yo Qurʼon, yo biror duoni o‘qiydi.
Besh yil ichida yosh oilada ikki
o‘g‘il tug‘ildi. Xo‘ja Аsqar juda
mamnun, dasturxoni t
o‘lib-toshmasa-da, har kungi
yeguligi uchun Аllohga
shukur etadi.