T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
O‘shanda Sabrinisa uchinchi farzandiga yukli edi. Xo‘ja Аli 
shirinliklarini shahar markaziga eltib sotishni 
o‘rgandi. 
Navbatdagi savdoda u mijozi bilan tortishib ketdi. U bu odamni 
hamma qatori qabul qilgan edi, aslida esa bu nusxa X
o‘ja Аli bilan 
janjallashgani kelgan edi. 
– Shirinliging aynigan ekan, – dedi o‘sha mijoz labini do‘rdaytirib. – 
Tashlab yubordim. 
– Kechiring, sohib, sizni eslolmadim. Qachon mendan xarid 
qilgansiz? 
– deb so‘radi ajablanib Xo‘ja Аli. 
– Eslay olmaydigan bo‘lib qoldingmi? – mijoz vajohat bilan Xo‘ja 
Аliga yaqinlashdi. Xaridorning dumaloq va semiz yuzi, osilgan tog‘oraday 
qorni, betartib va qaz
g‘og‘i toshib chiqqan sochlari va didsiz kiyinishi u 
haqda beixtiyor salbiy taassurot uy
g‘otar edi. Xo‘ja Аlining bunday odamlar 
bilan tortishishga vaqti y
o‘q, murosaga qaror qildi: 
– Mayli, sohib, yanglishayotgan bo‘lsangiz -da, sizga tekinga shirinlik 
beraman, 
– dedi iloji boricha o‘zini bosib. – Qanday shirinlik olasiz? 
– Sen meni jinni, deyapsanmi? Men tilanchi emasman, o‘z haqimni 
s
o‘rayapman! – xaridor ovozini ko‘tardi. – Sen yolg‘onchi ekansan! 
X
o‘ja Аli bu odamning niyati yaxshi emasligiga amin bo‘ldi.
– Menga qara, – dedi jiddiylashib. – Nima xohlayapsan? Maqsading 
nima? 
– Maqsadim seni jag‘ingni ezish! – dediyu xaridor Xo‘ja Аliga musht 
soldi. X
o‘ja Аli chap berishga ulgurdi va raqibining meshday qorniga javob 
zarbi y
o‘lladi. 
Ikki daqiqadayoq meshqorin yerga dumaladi. Shuni kutib turgandek, 
olomon yi
g‘ildi. Orada kimdir: 
– Odamlar! Musulmonlar hindlarni uryapti! – deb baqirdi. 
– Nima? 
– Qani? 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin