T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 biz tomondan, yaʼni biroz johil hindlar tarafidan chiqarilgan. Bizning
shahrimizda musulmonlar juda beozor. Ular
o‘z mehnatidan ortib, bosh
qashishga vaqt topishmaydi.
Hokim
o‘rinbosari bosh zobitni jim tingladi. Xuddi uni maʼqullagandek,
chehrasi ochilib:
– Ishlash tamoyilingiz tahsinga loyiq, – dedi. – O‘zim janob hokimga
hisobot beraman. Siz maʼlumotlarni qoldirib, xizmatga qaytavering.
– Ijozatingiz bilan, – dedi bosh zobit xonani tark etdi. Hokim
o‘rinbosari esa hokimning huzuriga kirdi.
– Bosh zobitning fikricha, bu oddiy janjal, janob hokim, – dedi
o‘rinbosar maʼlumotlar qog‘ozini hokimga taqdim etarkan.
– Men ham shunday o‘ylayman, – dedi hokim varaqlarga ko‘z
yugurtirib.
– Siz yangisiz, balki, yaxshi xabardor emasdirsiz, men diniy
adovatga qarshi jiddiy kurashaman. Musulmon va hindlar, nasroniylar
orasida kelishmovchilik b
o‘lmasin, deyman. Yigirma yildan buyon mening
shahrimda musulmon yoki hind bir-biriga din sababli ovoz ham k
o‘tarmadi.
Men bor ekanman, bunga y
o‘l qo‘ymayman.
– Hurmatim borgan sari sizga ziyoda bo‘layotir, hokim janoblari! –
deb yaltoqlandi
o‘rinabosar.
U
o‘z xonasiga kirdi, toza varaq oldi va quyidagilarni yozishga kirishdi:
«Janob Qora Sinxga.
Men
o‘zimga yuklangan vazifani ado etishga kirishdim. Ko‘plab
amaldorlarni
o‘zimga og‘dirib oldim. Shaharning boy qatlami haqida puxta
axborot jamladim. Hind-musulmon t
o‘qnashuvining birinchi qismini amalga
oshirdim.
Bu voqea Kashmirdagi kabi katta qon t
o‘kish, musulmonlar qirg‘inini
keltirib chiqarishi lozim. Biroq shahar hokimi va bosh zobiti eskicha fikrli
odamlar. Ikkalasi bolalikdan d
o‘st emish. Ular diniy adovatga qarshi
turishlarini aytib maqtanishdi. Janob Qora Sinxdan bu ikkisiga qanday