T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
– Tahdid qilyapsizmi? – so‘radi Аbdulloh. – Hamma mehmonlarni
tahdid bilan kutib olasizlarmi?
–
Siz turkiyaliksiz, mehmon, – dedi Moyimxon. – Biroq uyg‘ursiz!
Turkiya vatandoshi b
o‘lsangiz -da, uyg‘ursiz! Bu sizni buyuk kommunistik
Xitoy davlatiga bo
g‘lab tashlaydi!
– Kechirasiz! – rosmana qizishdi Аbdulloh. – Men hoziroq Istanbulga
qaytaman. Menga qilingan bu tahdid sababli barcha dasturlarni bekor
qilaman. Meni uchoqmaydonga qaytaring!
Bu keskin qarorni eshitib, Moyimxon
o‘zini yo‘qotgandek bo‘ldi.
– O‘zingizni bosing, mehmon, ming bora uzr, – dedi muloyimlashib. –
Dasturni amalga oshirish kerak.
Аxir, bahs o‘ta tabiiy jarayon-ku! Men
hazillashdim! Nega, jahlingiz chiqadi, axir?
Moyimxon
shunday deb, qah
–qah otib kuldi, shunday kuldiki,
k
o‘zidan yosh chiqib ketdi, Аbdulloh uning, haqiqatan ham, hazillashganiga
ishonib qoldi.
– Obbo, mehmon! – derdi tizzasiga qo‘lini urib kularkan Moyimxon. –
Аrzimagan gaplarga xafa bo‘lmang! Siz bu yerda, avvalo,
buyuk
kommunizm himoyasidasiz! Bir tola sochingiz t
o‘kilmaydi!
Zinhor x
avotirlanmang! Mana, manzilga yetib keldik! «Аbadiy do‘stlik»
mehmonxonasi xizmatingizda!
Ular ulovdan tushishdi. T
o‘qqiz qavatli bino. Manglayiga xitoychalab
yozilgan. Barzangi q
o‘riqchilar. Kirdi -chiqdi ko‘p. Xorijliklar. Oynavand
eshikdan
xizmatchi yug
urib kelib, Moyimxonga taʼzim qildi. Xitoychalab bir
nimalar dedi. Moyimxon ulov yukxonasiga ishora qilib, yukni ol, deb
buyurdi, cho
g‘i, xizmatchi shunday qildi.
Mehmonxonaning
qabulgohi keng, yoru
g‘, serhasham, qizil ziynatlar
haddan tashqari k
o‘p; salqin,
qahva isi; yumshoq kursilar, xushmuomala
xodimlar.