T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
Аbdulloh Moyimxonni bosh silkib, maʼqullagandek o‘tirsa -da, zerikib 
ketdi. Universitetda 
o‘zini bozorga soladigan jipiriq yoshlar bo‘lardi. 
Hammaga yaxshi k
o‘rinishni istaydigan bu toifadan Аbdullohning 
doim k
o‘ngli aynigan, Moyimxon esa o‘sha yoshlardan ham o‘tib tushdi. 
Kommunistlar yi
g‘inida minbarga yopishib olgan vaysaqi notiqlarning 
hammasiga xos holat edi bu, ular, odatda, miyasiga payvandlangan 
yasama 
g‘oyaviy jumlalari bilan boshni og‘ritib yuboradilar. Moyimxon 
kommunistik jamiyat qurayotgan siyosatning eng k
o‘p uchraydigan 
vakillaridan biri edi. Ular joriy etilgan hamma qonunlarga rioya etadilar, 
qayishuvchanligi uchun hamma teshikka si
g‘adilar, qoidalarda axlat yeyish 
yozilsa, albatta, ishtaha bilan faqat axlat yeyishadi. 
Ularda shaxsiy did mavjud emas: katta rahbarlarga taqlidan 
kiyinishadi, masalan, poyabzal va kastim 
–shimning rangi, galstukning 
k
o‘rinishi, sochni qay tarafga yotqizib tarash kabilarda ham ergashiladi. 
Аbdullohga bunday madaniyat yot edi, chunki u kelayotgan o‘lkada 
kommunizmning «hayotbaxsh» nafasi yo‘q, dindan erkin bo‘lishdek 
«taraqqiyparvar» g‘oyalar Turkiyada ham ustuvor esa -da, dinning fayzi 
odamlardagi samimiyatni hamon taʼminlayotgan edi, harqalay.
Moyimxonning vaysashlariga bosh silkisa -da, xayoli boshqa joylarda 
yurgan 
Аbdulloh yo‘lning qaysidir qismida o‘rgimchak to‘ridek qavatlashgan 
k
o‘priklardan o‘tisharkan, «Qoyil!» deb yubordi. 
Bundan Moyimxon ilhomlanib ketdi: 
– Bu kabi ko‘priklar Buyuk Xitoy qudratidan bir darak, yo‘lboshchisi 
kommunistik partiya millatning ijodi! Bunday inshootlarning sano
g‘i yo‘q! 
Kommunistlarning bunyodkorligi haqidagi hayajonli qissalardan 
Аbdullohning qulog‘i batang bo‘lishi arafasida ulov Urumchi markaziga kirdi. 
Mehmon uni tinglash ishtiyoqidan yiroqligini, nihoyat, anglab yetgach
Moyimxon ham sekin jim b
o‘la qoldi. Markaziy ko‘cha orasta edi, albatta, 
har xil ulovlar, mutaharrik yozuvli peshlavhalar, shakl berilgan daraxtlar 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin