26
Yo`l varaqasi birlamchi hujjat bo`lib, tovar-transportn akladnoyi (TTN)
bilan birga avtotransport vositasi va haydovchining ishini hisoblab borish,
haydovchiga oylik maoshini belgilashda ishlatiladi. Yo`l varaqasi avtotransport
korxonasi mas’ul hodimlari (dispetcher) tomonidan to`ldiriladi:
- liniyaga chiqishdano ldin;
- liniyada;
- avtotransport korxonasiga qaytgandan so`ng.
TTN yuk jo`natuvchi tomonidan tashuvchiga berilib, yukni hisobdan
chiqarish va qabul qiluvchining yukni qabul qilib olganligini tasdiqlovchi asosiy
hujjat hisoblanadi. Yuk jo`natuvchi kamida to`rt nushada TTN to`ldiradi: birinchisi
yuk jo`natuvchida qoladi, ikkinchisi yuk qabul qiluvchiga beriladi, uchinchi va
to`rtinchisi ATKga beriladi. Tashish uchun hisob-kitobishlari bajarilgandan so`ng
uchinchi nusha yukj o`natuvchigaqaytariladi. TTN ikki bo`limdan iborat: tovar va
transport. Halqaro tashishlarda CMR nakladnoyi rasmiylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: