Havfli yuklar uchuns ertifikat – bu transport tashkiloti tomonidan havfli
yuklarto`g`rie’lonqilinganliginibildiruvchi
hujjathisoblanadi. Sertifikat
jo`natilayotgan tovar to`liq va to`g`ri havfli yukka mansubligi; yuk o`z
hususiyatidan kelib chiqqan holda upakovka qilinganligi tashishda havfsizlikni
ta’minlashi, yuk talab darajasida markirovka qilinganligini tasdiqlashi kerak.
Nazorat savollari.
1. Transport –ekspeditorlik shartnomasi nima?
2. Transport agentlik shartnomasinima?
3. Oldi-sotdi shartnomasi nima?
4. Har hil transport turlarida qo`llaniladigan transport hujjatlari nimalardan
iborat?
5. Tovar bilan jo`natiladigan hujjatlar nimalardan iborat?
29
4-mavzu.TRANSPORT-EKSPEDITSION XIZMATLAR
KO`RSATISHNING ME’YORIY – HUQUQIY ASOSI
Reja:
1.
Transport-ekspeditorlik xizmatlar ko`rsatishni tartibga soluvchi qonunlar va
me’yoriy hujjatlar tizimi.
2.
Ekspeditorlik va agentlik korhonalarida da’vo ishlarining tashkil etilishi.
3.
Ekspeditorlik topshiriqnomasini rasmiylashtirish
Tayanch iboralar:huquq normalari, nizom, halqaro bitimlar, halqaro
konventsiya, unifikatsiya, tijorat shartlari, fuqarolik kodeksi, da’vo, e’tiroz
ishlari , tijorat dalolatnomasi.
Transport-ekspeditorlik xizmatlari ko`rsatishni tartibga soluvchi qonunlar
va me’yoriy hujjatlar tizimi
Transport-ekspeditorlik faoliyati turli ko`rinishdagi va turli shakllarga ega
bo`lgan mulkchilikdag iva jismoniy shahslar va korhonalar o`rtasidagi
munosabatlarni qamrab oladi.
Aniq transport turlariga taalluqli milliy huquq normalariga transport
ustavlari va kodekslari kiradi. Hozirgi kunda davlatimizda quyidagi ustav va
kodekslar mavjud:
· Avtomobil transporti nizomi;
· Temiryo`l transporti nizomi;
· Havo transporti kodeksi.
Halqaro aloqalarda har bir transport turi bo`yicha ko`p sonli halqaro bitimla
rtuzilgan bo`lib, u transport konventsiyalari deb nomlanadi.
Temiryo`l transporti. Temir yo`l transporti da quyidagi asosiy konventsiya
va bitimlar amal qiladi:
· Temir yo`l transporti dahal qarotashishlar haqida konventsiya (1980 y.);
30
· Temir yo`l transportida halqaro yuktashish haqida bitim (1953 y.);
· Chegara orqali yuk larni temir yo`l da ashishni osonlashtirish haqidagi
halqaro konventsiya (1952 y.) va boshqalar.
Temir yo`l transporti samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan faoliyatda
Temir yo`llar halqaro ittifoqi (Mejdunarodniy soyuz jelezni hdorog- MSJD)
muhim ahamiyatga ega. U 1992 yilda Genueda Halqaro iqtisodiy
konferentsiyaning qarori bilan yaratilgan. MSJDning maqsadi - halqaro
yo`nalishlarda tashishlarni amalga oshiruvchi temiryo`llarni qurishsharoitlarini
yahshilash, ularni muvofiqlashtirish va standartlashtirish, milliy temiryo`l
ma’muriyatlari bilan aloqani yahshilashdan iborat.
Avtomobiltransporti. Avtomobil transportida quyidagi asosiy konventsiya
va bitimlar amalqiladi:
· 1956 yilda Jenevada imzolangan yuklarni halqaro tashish shartnomasi
haqidagi konventsiya;
· 1973 yilda imzolangan avtomobillarda halqaro yuk va passajirlarni
tashish shartnomasi haqidagi konventsiya;
· 1975 yildagi halqaro avtomagistrallar haqidagi Evropabitimi;
· 1957 yilda imzolangan va 2003 yilda qayta tahrirdan o`tkazilgan havfli
yuklarni halqaroyo`llarda tashish haqidagiE vropabitimi (DOPOG);
· 1975 yilda yuklarni tashishda halqaroyo`llarda tashish kitobchasini
qo`llash haqidagi bojhona konventsiyasi (MDP).
BMTE vropaiqtisodiy komitetining Ichki transport komiteti (Komitet
povnutrennomu transportu – KVT) 1948 yilda barcha turdagi ichki transportlar
sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Unga barcha BMT
Evropa iqtisodiy komitetiga a’zo davlatlar a’zo hisoblanadi.
Ichki transport komitetining faolishtiroki va yordami bilan halqaro
tashuvlarni soddalashtirish, unifikatsiyalash va milliy me’yorlarni yahshilash
borasida birqator konventsiya va bitimlar, tavsiyalar ishlab chiqilgan. Faqatgin
aavtomobil transporti sohasida Ichki transport komiteti 40 ga yaqin halqaro
31
konventsiya va bitimlar, Tvkonstruktsiyasi haqidagi 50 yaqin qoidalari shlab
chiqilgan.
Ichki transport komiteti faoliyatida halqaro avtomobillar harakati va yuk
hamda passajirlarni tashishni tashkil etish bo`yicha barcha masalalar yoritib
berilgan. BMT Evropa iqtisodiy komitetining Ichki transport komiteti tomonidan
ishlab chiqilgan va maqabulqilingan me’yoriy hujjatlar asosida halqaro aloqalarda
yuk va passajirlarni tashish bo`yicha ikki tomonlama bitimlar tuziladi.
Avtomobil transporti halqaro ittifoqi(Mejdunarodniy soyuz avtomobil nogo
transporta – MSAT) ga 1948 yilda Evropa avtomobil yo`llari va avtomobil
transporti assotsiatsiyasi tomonidan asossolingan. Uning shtab-kvartirasi
Jenevashahrida joylashgan. MSATning asosiy maqsadi – avtomobillarda
tashuvchilarning manfaatlari asosida avtomobillarda halqaro tashuvlarni
rivojlantirishga imkoniyat yaratishdir. MSATga 45 ta davlatning 150 dan ortiq
assotsiatsiyalari kiradi. Uning asosiy yo`nalishlari:
·Halqaro avtomobillarda tashuvlarda davlat chegaralaridan o`tish, soliq va
yig`imlarni qisqartirish yoki bekor qilish, mijozlarga xizmat ko`rsatish
sifatini yahshilash, haydovchilar ishi va dam olishini tashkil etish va
boshqalar;
· Muvofiqlashtirish va milliy va halqaro transportni rivojlantirish bo`yicha
tadbirlarni qo`llab-quvvatlash;
· ma’lumot va ahborotlarni materiallarini yaratish;
· avtomobillarda halqaro tashish masalalari bo`yicha tadqiqot natijalarini,
MSAT a’zolari haqidagi ma’lumotnomalarni nashr qilish.
Avtomobillarda halqaro yuklarni tashishda tijorat shartlarini aniqlash va
tartibga solishda Yuklarni halqaro yo`llarda tashish shartnomasi haqidagi
konventsiya(Konventsiya odogovo remejdunarodnoy dorojnoy perevozkigruzov –
KDPG) asosiy hujjat hisoblanadi.
Bu konventsiya BMT Evropa iqtisodiy komitetining Ichki transport komitet
idoirasida 1961 yilda ishlab chiqilgan bo`lib, unda 25 ta davlat ishtirok etadi.
KDPG ning amaliy masalalari bilan MSAT shug`ullanadi.
32
Konventsiya avtomobillarda yuklarni tashishni tartibga solishda oliy yuridik
kuchga ega bo`lgan halqaro shartnoma hisoblanadi. Unga Evropaning barcha
davlatlari va Osiyo hamda Afrikaning bir qator davlatlari a’zo.
Bu konventsiyaning amal qilish doiralari: tashuvchining javobgarligi,
tashish shartnomasini tuzish va bajarish, e’tiroz va da’volar, bir nechta
tashuvchilar orqali tashishni tashkil etish va boshqalar.
Havo transporti.Havo transporti HH asrning boshlarida paydo bo`lib, u
passajirlarni, pochta va yuklarni mamlakatlar va dunyoning yirik shaharlari orasida
muntazam tashishlarni amalga oshirib kelmoqda. Tahminan 40 yil ichida halqaro
liniyalarda passajirlarni tashish deyarli 42 baravarga ortdi.
Havo transporti sohasida katta avtoritetga ega bo`lgan halqaro tashkilot
Grajdan aviatsiya sihalqaro tashkiloti hisoblanadi. Butashkilot 1947 yilda Chikago
konventsiyasi asosida BMT tomonidan tashkil etilgan bo`lib, unga 150 davlat a’zo
bo`lgan. SHtab-kvatirasi Monreal shahrida joylashgan.
Uning asosiy vazifasi:
· havo huquqibo`yicha halqaro konventsiya loyihalarini va boshqa
hujjatlarni tayyorlash;
· standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, havo navigatsiyasi
havfsizligi turli muammolarini va atrof muhitni muhofaza qilish
bo`yicha tavsiyanomalarni ishlab chiqish;
· havo transporti bo`yicha konkret muammolarni o`rganish va
natijalarni manfaatdor davlatlarga taqdim etish.
Bundan tashqari “Halqaro tranzit havo aloqalari haqida”, “Halqaro havo
tashuvlar haqida va “Halqaro havo tashuvlariga taalluqli ayrim qoidalarni
unifikatsiya qilishhaqida” gikonventsiyalar ham amal qiladi.
Dostları ilə paylaş: |