B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


-mavzu: Jamiyatning ijtimoiy sohasi va davlatning ijtimoiy siyosati



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

11-mavzu: Jamiyatning ijtimoiy sohasi va davlatning ijtimoiy siyosati
Reja: 
11.1. Jamiyat ijtimoiy sohasi, uning tarkibi va jamiyat rivojlanishidagi roli. 
11.2. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy siyosat tushuncha-larining 
o’zaro bog’liqligi. 


11.3. Daromadlar siyosati va aholi turmush darajasini o’stirish. 
11.1. Jamiyat ijtimoiy sohasi, uning tarkibi va jamiyat rivojlanishidagi roli. 
Ijtimoiy (sotsial) degan tushunchada odamlar hayotiy faoliyatining jami 
umumiy, jamoa harakteri ifodalangan. Unda turli birliklar-sinflar, ijtimoiy 
qatlamlar, tabaqalar, millatlar, xalqlar oʼrtasidagi birlashuvga qaratilgan intilishlar 
namoyon boʼladi. Kishining u yoki bu sinfga, ijtimoiy qatlamga boʼlgan aloqasi 
uning jamiyatga tutgan oʼrniga berilgan baxo hisoblanadi.
U yoki bu birliklar oʼrtasidagi munosabat va oʼzaro aloqalar jarayonida har 
bir insonning feʼl-atvorini ifoda etuvchi ijtimoiy sifatlari tarkib topadi. Ijtimoiy 
munosabatlar har bir individning jamiyatdagi tengligini (yoki notengligini) 
ifodalaydi. Bizda shu vaktga kadar jamiyat aʼzolarining hammasi umumxalq boyligi 
hisoblangan ishlab chiqarish vositalariga boʼlgan munosabatlardagi tengligi 
taʼkidlab kelingan.
Ijtimoiy soha sinflar va ijtimoiy guruhlar, millatlar va elatlarning manfaat-
larini, jamiyat bilan shaxsning munosabatlarini mehnat va turmush sharoitlarini
kishilarning sixat – salomatligi va bush vaktini oʼz ichiga oladi. Faqatgina ana shu 
sohada iqtisodiy faoliyatning natijalari roʼyobga chikadi.
Demak, ijtimoiy soha oʼz ichiga ijtimoiy jarayonning hamma qirralarini, 
ijtimoiy tizimning obʼektiv shart-sharoitlari va subʼektiv omillarni ijtimoiy va 
shaxsiy kizikishlar tuzilmasi hamda ularning murakkab dialektik aloqasini oʼz ichiga 
oladi. 
Ijtimoiy 
siyosat-jamiyatga 
siyosiy 
raxbarlik 
qilishning 
shunday 
yunalishidirki, u oʼz ichiga qator ijtimoiy tadbirlar orqali moddiy farovonlikni 
oshirish, ijtimoiy adolat, demokratiya, sinflar, millat va elatlar, ijtimoiy qatlamlar, 
kollektiv va shaxsning turmush madaniyatini rivojlantirishni oʼz ichiga oladi. 
Jamiyatni yangilash vazifasi uzoq muddatli,chuqur uylab kurilgan yaxlit ijtimoiy 
siyosatga muvofiq kelishi yaʼni ijtimoiy sohaning hamma tomonlarini bir butun 
holda oʼz ichiga olgan va xalq ommasining extiejini toʼla kondirish, ularning 
faolligini yanada oshirishga qaratilgan boʼlishi kerak.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin