2.
Muvozanatni mahsulotlar hosil bо‘lish tomoniga qarata siljitish choralarini
izlash ;
3.
Zaruriyat bо‘lsa, dastlabki moddalar energiyasini imkoni boricha oshirish ;
4.
Agar koordinatsion birikma hosil qilish
jarayoni mahsulotni saqlash
mumkin bо‘lmagan sharoitda amalga oshirilgan bо‘lsa, «muvozanatni yaxlatish» usuli
tanlanadi.
G ye n ye a l o g i k sintezda mahsulotning tuzilishi dastlabki moddalar
tuzilishiga о‘xshash bо‘ladi. Bunda reaksiya mexanizmi muhim ahamiyatga ega. Bu
holda ham mahsulotning energetik jihatdan afzalligi imkoni boricha о‘z kuchini saqlab
qoladi.
Genealogik sintezlarni о‘tkazishni ham dastlabki moddalar kattaroq
energiyaga ega bо‘lishiga, harorat tanlashga, yaroqli
katalizator ishlatishga, reaksiya
mahsulotini saqlab qolish sharoitini tanlashga e’tibor beriladi. Ikkala usulda ham
mahsulotni tozalash,
uni ajratib olish, kimyoviy analiz qilish kabi ishlarni tо‘liq
bajarish talab qilinadi. Sintez ishining barcha bosqichlarini taftish etib borishda fizik –
kimyoviy izlanish usullari, qisqa tо‘lqinli spektroskopiya, yadro magnit rezonans
(YAMR) usullari katta yordam beradi.
Muvozanatli sintezda Gibbs energiyasining о‘zgarishi
manfiy qiymatga
ega bо‘lishi kerak. Bu yerda : K
m
― reaksiyaning muvozanat doimiysi, n
1
―
stexiometrik koeffitsentlar ; Ci ― i moddaning konsentratsiyasi. Le Shatelye qoidasiga
muvofiq, temperatura kо‘tarilganda endotermik reaksiya mahsulotlarining unumi
ortadi ; bosim oshirilganda hajm kamayadigan tomonga yо‘nalgan reaksiya
mahsulotlari
unumi ortadi ; dastlabki moddalar konsentratsiyasi oshirilganda
koordinatsion birikmalarning hosil bо‘lishi kuchayadi. Yana shuni aytib о‘tishimiz
kerakki, bunday koordinatsion birikmalar hosil qilishda berilgan moddalarning bir –
birida eruvchanligini tekshirish natijalaridan va moddalar sistemasining holat
diagrammasidan keng foydalaniladi. Bunday diagrammalarga
asoslanib, koordinatsion
birikmaning hosil bо‘lishidagi konsentratsiyalar sohasi aniqlanadi. Masalan, ZnCl
2
―
glitsin (NH
2
CH
2
COOH) va suvdan iborat sistemaning 50
0
dagi eruvchanlik
diagrammasiga asoslanib, bu sistemada uchta birikma : ZnCl
2
· NH
2
CH
2
COOH,
ZnCl
2
· 2NH
2
CH
2
COOH va ZnCl
2
· 3NH
2
CH
2
COOH hosil bо‘lishi aniqlangan.
Koordinatsion birikmalar hosil qilishni ma’lum temperatura sharoitida
amalga oshirishda kо‘pincha termogravimetrik tekshirish (ya’ni sistemadan yengil
uchuvchan ligand chiqib ketishi tufayli modda massasining vaqt va temperatura ortishi
bilan kamayishini aniqlash) natijalaridan ham foydalaniladi.
Koordinatsion birikmalar hosil qilish uchun misollar.
1.
Suvsiz tuzlar (CuSO
4
, NiSO
4
, CoCl
2
) suv bilan о‘zaro ta’sirlashganida
kristallgidratlarga (masalan, CuSO
4
· 5H
2
O, NiSO
4
· 7H
2
O, CoCl
2
· 6H
2
O) aylanadi.
Bu tuzlarning suvdagi eritmalarida [Cu(H
2
O)
4
]
2+
, [Ni (H
2
O)
6
]
2+
va [Co(H
2
O)
6
]
2+
tarkibli kompleks ionlar mavjud.
2.
Al
3+
, Cr
3+
, Sn
2+
, Zn
2+
, Pb
2+
va Co
2+
ionlarining tuzlari eritmasiga alohida
– alohida probirkalarda ozginadan NaOH eritmasi qо‘shilganda eritmada metallarning
gidroksidlari chо‘kmaga tushadi. Probirkalarga mо‘l miqdorda
NaOH eritmasi quyib
chо‘kmalarni eritiladi, natijada har bir eritmada [Al(OH)
6
]
3-
,[Cr(OH)
6
]
3-
, [Sn(OH)
4
]
2-
,
[Zn(OH)
4
]
2-
, [Pb(OH)
4
]
2-
, [Co(OH)
4
]
2-
tarkibli gidrokso koordinatsion birikmalarning
ionlari
hosil
bо‘ladi.
3.
Cu
2+
, Zn
2+
va Ni
2+
tuzlari eritmasiga konsentrlangan ammiak eritmasidan
qо‘shiladi. Hosil bо‘lgan metall gidroksidlar mо‘l miqdordagi ammiak eritmasida
eritiladi. Natijada [Cu(NH
3
)
4
] (OH)
2
, [Zn (NH
3
)
6
] (OH)
2,
[Ni(NH
3
)
6
] (OH)
2
tarkibli
birikmalar hosil bо‘ladi.
4.
Ikki
idishdagi Zn
2+
va Cd
2+
tuzlarining eritmalariga Na
2
SO
3
ning
konsntrlangan eritmasidan bir necha tomchi solib ZnSO
3
va CdSO
3
larning
chо‘kmalarini hosil qilinadi. Sо‘ngra ikkala probirkaga mо‘l miqdorda Na
2
SO
3
eritmasini qо‘shsak, [Zn (SO
3
)
2
]
2-
va [Cd(SO
3
)
2
]
2-
tarkibli koordinatsion birikmalarning
ionlari hosil bо‘ladi.
Odatda koordinatsion birikma hosil bо‘lishini
eritma rangi yoki moddalar
eruvchanligining о‘zgarishi orqali kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: