Ilmiy bilimning tarixiy rivojlanishi madaniyatning o’zgarishi ilmiy bilimni bayon etish
andozalari, fanda borliqqa yondashish usullari va tafakkur uslublarning o’zgarishga bog’liq. Bu
andozalar, usullar va uslublar madaniyat kontekstida, uning har xil hodisalari ta’sirida
shakllanadi. Bu ta’sirni ilmiy bilimning rivojlanish jarayoniga har xil ijtimoiy-madaniy
omillarning qo’shilishi sifatida tavsiflash mumkin. Biroq har qanday bilish jarayonida ob’yektiv
va sub’yektiv narsalar va hodisalarning aloqalarini qayd etish hamda fanni inson ma’naviy
faoliyatining boshqa shakllariga bog’lab o’rganish zarurligi fan bilan bu shakllar (kundalik
bilish, badiiy tafakkur va sh.k.) o’rtasidagi farq masalasini kun tartibidan chiqarmaydi.
Ilmiy
bilimning ob’yektivligi va moddiyligi bunday farqning birinchi
va eng muhim xususiyati
hisoblanadi.
Fan inson faoliyatida faqat uning moddiy tuzilishini farqlaydi va hamma narsani shu tuzilish
nuqtai nazaridan ko’rib chiqadi. Qadimgi afsonada podsho Midas nimaga qo’l tekkizmasin,
hammasi oltinga aylanganidek, fan ham nimaga murojaat etmasin, hamma narsa uning uchun
ob’yektiv qonunlarga ko’ra yashaydigan, faoliyat ko’rsatadigan va rivojlanadigan predmetdir.
Fan nafaqat hozirgi amaliyot jarayonida o’zgartiriladigan, balki kelajakda amalda
ommaviy o’zlashtirish predmetiga aylanishi mumkin bo’lgan ob’yektlarni o’rganishga qarab
mo’ljal olishi ilmiy bilimning ikkinchi o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bu xususiyat ilmiy va
odatdagi, stixiyali-empirik bilimni farqlash va fanning tabiatini tavsiflovchi ayrim tushunchalarni
ta’riflash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: