olgan, ayrimlari (tarix, san’atshunoslik va boshqalar)ga esa ular ehtiyotkorlik bilan kirib
bormoqda. Masalan, tarix fani doirasida matematik metodlar tarixni o’rganishning asosiy
vositasi bo’lgan alohida fan – kiometriya (so’zma-so’z ma’nosi – tarixni o’lchash) yuzaga keldi
va shakllanmoqda. Biroq, ijtimoiy fanlarda matematik metodlar qay darajada keng
qo’llanilmasin, ular bu fanlar uchun asosiy emas, balki yordamchi metodlar bo’lib qolayotir.
Ijtimoiy bilimda empirik va nazariy unsurlarning o’ziga xos uyg’unligi kuzatiladi. Ijtimoiy
bilimda empirik metodlarning imkoniyatlari cheklangan bo’lsa-da, ular bu yerda tobora kengroq
va o’ziga xos tarzda qo’llanilmoqda. Bular, avvalo, ko’rib chiqilayotgan hodisalarning sof
ob’yektiv xossalarini emas, balki ularning insoniy ko’rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan
so’rovlar, anketalash, testlash, modelda eksperiment o’tkazish va hokazolardir.
Dostları ilə paylaş: