1. Amerikadagi psixolingvistik tadqiqotlar Amerikalik psixolingvistlatning konsepsiyasi



Yüklə 257,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix21.05.2023
ölçüsü257,44 Kb.
#118979
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Amerikadagi psixolingvistik tadqiqotlar Amerikalik psixolingv

“Comtemporary approaches to cognition”, Cambridge, 1957; Yana qarang: 
A.A.Leontyev. Psixolingvistika va nutqning funksional birliklari, 170-171-betlar. OSPda 
Osgud modelining bayoniga 50-56-sahifalar bag‘ishlangan).
Bir so‘z bilan aytganda, u avvalgi bixevioristlar uchun xarakterli bo‘lgan 
pozitivizmdan butunlay voz kechadi va o‘zining konsepsiyasida hech qanday tutib 
(yshlab) bo‘lmaydigan shunday narsalar bilan erkin muomala qiladi. Ana shu nuqtayi 
nazardan Skinner modeliga Osgudning tanqidi juda xarakterlidir. “Skinner konsepsiyasida 
belgilarning ahamiyati yoki mazmuni naqida aytadigan hech narsa yo‘q, balki simvolik 
jarayonlar–kimgadir yoqadimi yoki yoqmaydimi - unda lisoniy xulqning asosiy 
muammosi bor”(
 
 Ch.E.Osgood. Psycholinguistics, p. 252. )

Osgudning yuqoridagi iqtibosini izohlaymiz. Proyeksiya darajasida dastlabki analiz 
(masalan, nutq tovushini idrok etish - bu nutq tovushining jiddiy fizik tavsifining 
tanlanishi) o‘tkazilgan yerda, harakat qilishi “tajriba bilan o‘zgarmaydi”(
5
Ch.E.Osgood. A 
behavioristic…, p. 78). 
Integratsiya darajasida, aksincha, oldingi tajribaning eng keng hisobi sodir bo‘ladi: 
bu darajada ayrim ajralgan stimullar bizning avvalgi tajribamizda ancha tez birlashganligi 
tufayli, birlashadilar; bunda ushbu to‘plamda stimullarning yo‘qligi, qabul qilish aktida, 
asosan, mazkur “perseptual (qabul qilish) modeliga xos bo‘lgan, umuman, stimullar jiddiy 
emas-u, integratsiya darajasida to‘ldiriladi. 
 
Reprezentatsiya darajasi haqida alohida gapirishga to‘g‘ri keladi. Bu yerda biz 
uchun yangi bo‘lgan tushuncha “bevosita ifodalangan reprezentatsiya (xarakterli)” bilan 
to‘qnashamiz. “Bevosita ifodalangan”(mediation) tushunchasi bixeviorist Xall tomonidan 
kiritilgan edi. “Bevosita ifodalanish” (mediating) jarayoni sxemasi bunday: biz neytral 



stimulga (masalan, so‘z) va boshqasiga bo‘lgan muayyan reaksiya chaqiradigan neytral 
bo‘lmagan (real predmet)ga egamiz. Agar bu stimullar birgalikda ko‘p marta takrorlansa, 
bir-biri bilan birlashadi, unda neytral stimul neytral bo‘lmagan stimul bilan chaqiriladigan 
nutqning qismi bilan birlasha boshlaydi. Ushbu, keyingi birlashuv “bevosita ifodalangan 
namoyish qilish”dir. Shuning uchun reprezentatsiya (o‘zini tanitish)ni, neytral stimulga 
peaksiya neytral bo‘lmagan stimul yoki pragmatik (ish, harakat) fikrdagi so‘z ma’nosi 
predmetning “ma’no” qismini chaqiradigan xulqning bir qismining o‘zidir. Shuning uchun 
u bevosita ifodalanganki, organizmda, yuqorida aytilgandek, “o‘zaro stimullashish 
modeli” vujudga keladi: so‘zni qabul qilib, biz unga bevosita munosabat bermasligimiz 
mumkin, ammo “o‘zaro stimulatsiya” modelida nimanidir o‘zgarishi mumkin (aytaylik, 
yangi kontekstda so‘zni eshitib, biz bu modelga yangi semantik qirra yozib qo‘yamiz va
nimanidir ifodalash kerak paytida ushbu so‘zdan shu qirrani hisobga olgan holda 
foydalanishimiz mumkin). Qisqacha qilib aytish mumkinki, “o‘zaro stimulatsiya modeli”–
bu nerv sistemasida “yozilgan” ushbu so‘zni qo‘llashning unga “yorliqchasi”- algoritmi 
bilan yozib qo‘yilgan so‘zning nevrologik modelidir. Nutqni vujudga keltirib, biz ushbu 
yozuvni motor tarzida birlashtiramiz. Nutqni qabul qilishga keladigan bo‘lsak, unda bu, 
Osgud tasavvurida, “sensor (his-tuyg‘u) impulslar modellari”ning “yorliqcha” bilan 
birlashuvi yoki ushbu modelga muvofiq keladigan shu yozuvlarning miyada 
saqlanayotgandan tanlashidir. 
 
Osgud so‘zning, qisman bo‘lsa-da, xulqning neytral bo‘lmagan stimulga javob 
berishga xos bo‘lganini aniq chaqirayotganligini taxmin qilmaydi: u Ch.Morris tomonidan 
kiritilgan ushbu reaksuyaga organizmning yoki so‘z ma’nosini potensial reaksiya sifatida 
qarash “qabul qiluvchanlik” tushunchadan kelib chiqadi. Bunda u belgi tushunchasi bilan 
birgalikda (qo‘shimcha ma‘no qo‘yiladigan og‘zaki (verbal) stimul) unga “namuna” 
tushunchasi (assegn) tobe bo‘lgan yoki unga noverbal stimul orqali shunday belgi 
ma‘nosi unga verbal stimulli to‘g‘ri assotsiatsiya yo‘li bilan emas, balki boshqa 
belgilarning ma‘nolari birlashishi vositachiligi orqali qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yiladi. 
Demak, qabul qilish jarayoni Osgud va boshqa psixolingvistlar tomonidan asl 
ma‘noda qabul qilish jarayoni sifatida tushuniladi. U faqat sirtdan (perifiriya) markazga 
yo‘nalishga mo‘ljallangan. Hissiy ma‘lumotlarni qayta ishlash faqat nerv sis-temasida 
saqlangan avvalgi ta‘sirlarning izlari ta‘sirida sodir bo‘ladi va u yoki bu elementlarning 
birlashuvining subyektiv ehtimolligi ularning “yaqinligi”, “o‘x-shashligi” ta‘siri ostida 
ushbu ma‘lumotlarning qayta guruhlanishi va birlashishiga borib taqaladi. Bu idrokning 
“retseptor” (oluvchi) nazariyasiga tipik misol. Biz bu yerda o‘quvchini sizning 
maqolangizga murojaat qildirib, retseptor nazariyasi tanqidiga atroflicha tanqidni 
beramiz. Undan faqat yakuniy qismi-xulosalarni, aniqrog‘i, ulardan uchtasini keltiramiz: 
1.Psixolingvistika nutqning kodlanishi va kodlanmasligining bevosita funksional aloqasi 
yo‘qligini yoki ba‘zi markaziy-miya mexanizmlarining faqat birligini tan olib, nutqni 
idrok qilish va nutqni vujudga keltirishni nazarda tutadi. Biz uchun (
6
A.N.Leontyev. Hissiy 
aks etish mexanizmi haqida. “Psixologiya masalalari”, 1959, 2-son; Nutq. Artikulatsiya 
va idrok. V.A.Kojevnikov va L.A.Chistovich tahriri ostida. M.-L., 1965, Shuningdek, 
qarang: A.A.Leontyev. Nutq faoliyatida so‘z. M.,1965, 104-bet va boshqa. Aytish kerakki, 
ushbu nuqtayi nazarga, qandaydir darajada amerika fanida tarqalgan, masalan, qarang:
taniqli fiziolog A.M.Libermanning ishlari. Ammo, umuman, psixolingvistika va yetakchi 
vakillar uchun, jumladan, an’anaviy “retseptor” yo‘nalish xarakterli. qarang: OSP, 
r.223-228) artikulatsiya organlari va nutqni idrok qilish organlari ayrim zvenolari bir-



biridan ajralgan holda bo‘lishi mumkin bo‘lmagan yagona funksional tizimni tashkil 
etadi… 
2.Psixolingvistika idrokning “retseptor” nazariyasiga tayanib, nutqni idrok qilishni 
miyaga informatsiya “quyilishi”ning bir tomonlama jarayoni sifatida qaraydi. Biz, 
reflektor nazariyasiga muvofiq, nutq idrok qilinishini xuddi nutqni harakatga keltiruvchi 
motor zvenosining majburiy ishtirokida sodir bo‘ladigan faol dinamik jarayon sifatida 
qarashni tavsiya etaladi. 
3.Psixolingvistika nutq identifikatsiyasi(tushunish)ni darajalangan tizim natijasi 
sifatida qaraydi. Bizning nuqtayi nazarimizda, nutqning idroki va tushunulishi-
darajalanishning natijasi emas, aksincha, vujudga kelgan darajalanish faol o‘xshatish 
mexanizmining harakati natijasidir (A.A.Leontyev. Psixolingvistika va nutqning funksional 
birliklari muammosi. 189-bet)
.

Yüklə 257,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin