58
IMAK texnalogiyasiga asoslangan holda dars jarayonida talabalarning
tashkilotchilik mahoratlarini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan dars
ishlanmalaridan birini misol keltiraman: Bunda amaliy dars jarayonida o’tkazish
uchun mo’ljallangan
“Kollej direktori” usulini olsak unda guruh talabalarini
o’qituvchining rejasiga binoan pedagogik kengash a’zolariga tayinlanadi masalan;
Asilbek direktor, Nodir o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini, Fazliddin ma’naviyat
ishlari bo’yicga dekan muovini, Gulhayo pedagogik kengash kotibi, kafedra mudirlari
etib yana 5ta talaba tayinlanadi, qolgan talabalarni guruh rahbarlari va kollejning
boshqa rahbarlari etib tayinlab, ularning har birining vazifalarini tushuntiriladi;
Direktor tomonidan masalanni qo’yilishi masalan;
“Navro’z” bayrami tadbirini bilim
yurtida o’tkazishni tashkillashtirish rejasini qanday o’tkazishni kengash a’zolari bilan
muhokoma qilish va bir xulosaga kelib tadbir o’tkazish uchin javobgar shaxsni
belgilash va kengash yakunida pedagogik kengash bayonnomasini tuzishni kotibaga
topshirish kabilardan iborat. Muhokoma davomida bildirilgan fikirlardan maqbuli
tanlab olinadi va
“Navro’z” bayramini o’tkazish tartib rejasi tuzib olinadi.
Dostları ilə paylaş: