“BLIS-SO’ROV” USULI Usulning tavsifnomasi. Ushbu usul o’quvchilarni harakatlar ketma-ketligini
to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikirlashga, o’rganayotgan predmeti asosida xilma –
xil fikirlar, ma’lumotlar ichidan kerakligini tanlab olishni, shu bilan bir qatorda,
o’zgalar fikrini hurmat qilish va ularga o’z fikrini o’tkaza olish hamda o’z faoliyati,
kunini rejalashtira olishni o’rgatishga qaratilgan.
Usulning maqsadi:ushbu usul orqali o’quvchilarga tarqatilgan qog’ozlarda
ko’rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqil ravishda
belgilash, kichik guruhlarda o’z fikrini boshqalarga o’tkaza olish yoki o’z fikrida
qolish, boshqalar bilan hamfikr bo’la olish kabi ko’nikmalarni shakillantirish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi. Ushbu usul bir necha bosqichda o’tkaziladi:
- o’qituvchi o’quvchilarga ushbi mashg’ulot bir necha bosqichda o’tkazilishi
haqida tushuncha beradi. Har bosqichga mo’ljallangan vazifalarni bajarishga aniq
vaqt berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida
ularni ogohlantiradi:
- o’qituvchi hamma o’quvchilarga alohida- alohida tarqatma material beradi va
ulardan ushbu materialni sinchiklab o’rganishlarini so’raydi:
- o’qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifa yani tarqatma
materialda berilgan harakatlar ketma-ketligini tog’ri belgilash, belgini qog’ozda
alohida ajratilgan bo’limga raqamlar bilan qo’yish keraqkligini tushuntiradi:
- tarqatma materialda berilgan vazifa dastlab yakka tartibda bajarilishini
ta’kidlaydi:
- har bir o’quvchi o’zining shaxsiy fikri asosidagi tarqatma materialdagi “yakka
baho” bo’limiga berilgan harakatlarning mantiqiy ketma-ketligini raqamlar bilan
belgilab chiqadi:
61
- o’quvchilarning yakka tartibdagi ishlari tugagach, o’qituvchi ulardan 3
kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini so’raydi. Kichik guruhlar
o’quvchilarning xoxishlariga qarab yoki raqamlar bo’yicha tashkil etilishi mumkin:
- kichik guruhlardagi o’quvchilarning har biri o’z qog’ozidagi “yakka baho”
bo’limida belgilangan harakatlar ketma ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar, keyin
ular 3 kishida 3 xil bo’lgan ketma-ketlikni birgalashib bhir-birlari bilan tortishib,
bahslashib, bir-birlariga ta’sir o’tkazib, o’z fikirlariga ishontirib kelishgan holda,
tarqatilgan qog’ozdagi “guruh bahosi” bo’limiga muqobil raqamlarni belgilab
chiqadilar:
- barcha kichik guruhlar o’z ishlarini tugatgach, o’qituvchi harakatlar ketma-
ketligi bo’yicha to’g’ri javobni beradi, ya’ni o’quvchilardan ularga tarqatilgan
qog’ozlardagi “to’gri javob” bolimiga u tomonidan aytilgan harakatlar ketma-ketligi
raqamlarini yozishni so’raydi:
- o’qituvchi “to’g’ri javob” bo’limida berilgan raqamlar bilan “yakka baho” hamda “guruh bahosi” bo’limidagi raqamlarni solishtirish va kattasidan- kichigini
ayirish, ayirmalarni mos holda “yakka xato” va “guruh xatosi” bo’limlariga
yozishlarini so’raydi:
- o’qituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo’yicha tushuncha
beradi:
- o’qituvchi
mashg’ulotni
yakunlab,
ba’zi
guruhlarning
mashg’ulot
mobaynidagi ish faoliyatlariga o’z fikrini bildiradi va o’quvchilarning bilimini
ilovadagi mezonlar asosida baholaydi yoki mos kelgan to’g’ri javoblar soniga qarab
har bir o’quvchi o’z bahosini ilovada ko’rsatilgandek aniqlaydi.
Izoh: misol tariqasida “Mustaqillik yillari” mavzusidagi blis – usulining
jadvalini keltirish mumkin (har bir o’qituvchi o’z predmeti bo’yicha o’tayotgan yoki
avval o’tgan mavzusi asosida ushbu jadvaldan foydalanib blis- so’rov tuzishi
mumkin).
62
Ayniqsa blis- so’rov interfaol usulidan darsda takrorlash jarayonini amalga
oshirganda foydalanilsa maqsadga muvofiq boladi.
1-jadval.