9
tarqatiladigan material talab etiladi. Ayrim mavzularni o’rganishda o’quvchilar
bilan birgalikda qo’lda ko’rgazmali qo’llanmalar tayyorlash foydali, bular to’g’ri
burchak modeli, ko'pburchaklar modellari (shu jumladan to’g’ri to’rtburchaklar va
kvadratlar ham) va boshqa narsalardan iborat. Doskada chizmalarni bajarish uchun
chizmachilik o’lchash asboblari majmui: chizg’ich, chizmachilik sirkuli, albatta,
sinfda mavjud bo’lishi kerak. Shunday asboblar har bir o’quvchida ham bo’lishi
kerak.O’quvchilarda geometrik tasavvurlarni tarkib toptirish, ularni chizish va
albatta o’lchash malakalari bilan qurollantirish, ular tafakkurini rivojlantirish
masalalariga geometriya elementlarini o’rganishda qo’llanadigan o’qitish
metodlari javob beradi. Geometriya propedevtik kursini o’qitishning
muhim
metodlari bu kuzatish metodi, taqqoslash metodidan iboratdir; induktiv xulosa
chiqarish bilan bir qatorda deduksiya elementlaridan ham foydalaniladi. Amaliy
ishlar metodi geometrik materialni o’rganishning samarali metodlaridan biridir.
Amaliy
ishlar
o’quvchilarning
geometrik
figuralarning
mohiyatini
o’zlashtirishlarida ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bunda qog’ozdan, cho'plardan va simdan
figuralarning modelini yasash, chizish, o'lchash va hakozolar hisoblanadi.
Shuningdek ob'yektlarning turli-tuman bo’lishini ta'minlash lozim, bu bilan muhim
bo’lmagan alomatlarni (rangi, o'lchami, tekislikda joylashishi va h.k.) almashtirib
turib, bolalar muhim alomatlardan (predmetlarning shakli, figuralarning xossalari
va boshqalarni) ajratishlariga va o’zlashtirishlariga yordam beriladi.
Geometrik
tasavvurlar va tushunchalarning shakllanishi garchi mustaqil hamda maxsus
yo’ldan borsa ham, lekin geometrik materialni darsda mumkin bo’lgan joyda
geometrik va algebraik material bilan bog’lanishi kerak.
Geometriya propedevtik kursini o’qitishning muhim metodlari bu kuzatish
metodi, taqqoslash metodidan iboratdir; induktiv xulosa chiqarish bilan bir qatorda
deduksiya elementlaridan ham foydalaniladi. Amaliy ishlar metodi geometrik
materialni o’rganishning samarali metodlaridan biridir. Amaliy ishlar
o’quvchilarning geometrik figuralarning mohiyatini o’zlashtirishlarida ijobiy ta'sir
ko'rsatadi. Bunda qog’ozdan, cho'plardan va simdan figuralarning modelini yasash,
10
chizish, o'lchash va hakozolar hisoblanadi. Shuningdek ob'yektlarning turli-tuman
bo’lishini ta'minlash lozim, bu bilan muhim bo’lmagan alomatlarni (rangi,
o'lchami, tekislikda joylashishi va h.k.) almashtirib turib,
bolalar muhim
alomatlardan (predmetlarning shakli, figuralarning xossalari va boshqalarni)
ajratishlariga va o’zlashtirishlariga yordam beriladi. Geometrik tasavvurlar va
tushunchalarning shakllanishi garchi mustaqil hamda maxsus yo’ldan borsa ham,
lekin geometrik materialni darsda mumkin bo’lgan joyda geometrik va algebraik
material bilan bog’lanishi kerak.
I-IV sinf o’quvchilariga geometrik materialni ochib berayotib, fazoda
predmetlarning shakli, o'lchami va o’zaro joylashishini bolalar maktabgacha
davrdan egallashlarini hisobga olish kerak. O'yin jarayonida va amaliy
faoliyatlarida ular predmetlar bilan
ish olib boradilar, ko'zlari bilan ko’radilar,
qo'llari bilan ushlab ko'radilar, chizadilar, yasaydilar va peredmetlarning boshqa
xossalari ichidan asta-sekin shaklini ajratadilar. Maktabgacha yoshdagi ko’pchilik
bolalar 6-7 yoshlarida shar, kub, doira, kvadrat, uchburchak, to’g’ri to’rtburchak
shaklidagi predmetlarni to’g’ri ko’rsata oladi. Biroq bu tushunchalarni
umumlashtirish darajasi hali yuqori bo'lmaydi. Kvadratni to’g’ri to’rtburchakka
qarama-qarshi qo'yadilar, agar predmetlarning o’zi ularga tanish bo'lmasa, uning
tanish shaklini bila olmaydilar. Figuralarning burchaklari yoki tomonlarining bola
odatlanganidek bo'lmasligi, figuralarning har vaqtdagidan
boshqacha joylashishi
va hatto o’lchamlari juda katta yoki juda kichik bo’lishi bolani dovdiratib qo'yadi.
Shakllarning nomlarini bolalar ko’pincha predmetlarning nomlari bilan
chalkashtiriladi yoki almashtiriladi (masalan uchburchakni “burchak”, "tom",
"bayroqcha" va h.k.) deb ataydilar. Predmetlarning fazodagi vaziyatini
xarakterlayotganda agar bolaning o’zi "sanoq boshi" (bolaga nisbatan chapda-
o'ngda, oldida orqasida, yuqorida-pastda, yaqinda-uzoqda va h.k.) bo'lsa,
maktabgacha yoshdagi bolalar fazoviy munosabatlarni ancha erkin anglaydilar.
Tekislikdagi yoki fazodagi predmetlarning boshqa predmetga yoki boshqa kishiga
nisbatan vaziyatini bola ancha qiyinchilik bilan aniqlaydi. Maktabda o’qitishda
11
bolalarning mavjud tajribalariga tayanish ularning tasavvurlarini aniqlashtirishi va
boyitishi zarur.
Dostları ilə paylaş: