20
Masalan: Nuqtani katakning o’rtasiga, katakning o’ng burchagiga,
katak
pastki tomonining o’rtasiga qo’ying va ushbu nuqtalarni ketma – ketlik bilan
birlashtiring.To’g’ri chiziq bilan tanishgandan so’ng, o’quvchilar nuqtani to’g’ri
chiziqqa qo'yishni berilgan 1,2,3, ta nuqtalardan to’g’ri chiziq o’tkazishni nuqtani
to’g’ri chiziqqa nisbatan vaziyatini aniqlashga ham aynan shu amaliy ish yordam
beradi. 1 – sinfda Nuqta. Chiziqlar. Kesma. Siniq chiziq mavzusini (83-bet.
Matematika) o’rganish jarayonida chiziqlar to’g’ri va siniq chiziqlarga bo’linishini
aytib o’tiladi va rasmda ko’rsatilganidek nuqtalar qo’yiladi va shu nuqtalardan
to’g’ri chiziq o’tkazishni aytib o’tadi. Bir to’g’ri chiziqda yotgan nuqtadan o’tgan
chiziq to’g’ri chiziqni, bir to’g’ri chiziqda yotmagan nuqtalardan o’tgan chiziq
siniq chiziq ekanligini farqlab oladi va quyidagi amaliy ishlarni bajaradi..
Ko’pburchaklarni yasab, ularning elementlari bilan tanishayotganda o’quvchilar
ko’pburchakning uchlari nuqtalar chizishni bilib oladilar.
Geometriya turli shakllarning
xossalarini aniqlash, tekshirish, ularni
uzunliklari, yuzi, hajmlarini hisoblash bilan shug'ullanadi. Geometriya material
dasturda mustaqil bo'lim sifatida o'qitish jarayonida ajratib ko'rsatilmaydi.
Geometrik mazmunli masalalarni imkon bo'lgan vaqtda,
kursning boshqa
masalalari bilan yaqin aloqada doima qarab chiqiladi. Biroq dasturdagi tushuntirish
xatida ko'rsatilganidek, geometrik masalalarni bayon qilishda bu materialni kurs
materialiga kiritish maqsadlariga bo'ysundirilgan shaxsiy mantiqqa ham rioya
qilish kerak. Bu maqsadlar dastavval bolalarning fazoviy tasavvurlarini o'stirishda,
ularda turlicha geometrik figura haqida tasavvur qilishdan iborat. Bolalar bu
figuralarning
har biri alohida turganda ham, tanish figura boshqa figuraning
qismini tashkil etganda ham ularni taniy olishlari, berilgan bir necha figuradan
boshqa figura yasashni o'rganishlari kerak. Chizmachilik
sinf doskasida bajarish
uchun doskaning bir qismi kataklangan bo’lishi kerak.
Darsni tashkil etish. Yangi materialni o’rganish uchun mo’ljallangan amaliy
ishlarga 10-12 minut (3-4-sinflarda esa darsning ko’proq qismini ham) mashq va
tekshirish ishlariga esa 8-10 minut ajratish maqsadga muvofiqdir. Ishni
boshlashdan oldin o’qituvchi bolalarga topshiriqni aytib beradi, suhbat o’tkazadi,
21
bunda chizma yoki modelni namoyish etadi. O’quvchilar o’qituvchining gapini
diqqat bilan tinglaydilar va qilinadigan ishning hamma jihatlarini tushunib olishga
harakat qilib, suhbatda ishtirok etadilar.O’quvchilar
ishni bajarayotganlarida
o’qituvchi qiynalayotgan o’quvchilarga yordam berishi kerak.
Darsni tashkil ertish bo’yicha F.A.Orexov tavsiyalarini keltiramiz:
o'quvchilarning ishini kuzatib turish darsning ajralmas qismidir. O'qituvchi
tomonidan o’quvchilarning butun dars davomidagi harakatlarini kuzatish natijasida
jurnalga baho qo’yiladi.
O’quvchilarning kuchli va bo’sh tomonlarini ko’rsatish bilan o’qituvchi
ularning faoliyatini rag’batlantiradi. Kuchli o’quvchilar asosiy ishni
bajarganlaridan so’ng ularga qo'shimcha, bir oz qiyinroq ishni tavsiya qiladi.
Tirishqoqligi, ishni muddatidan ilgari va sifatli bajarganligi uchun bolalarni
rag’batlantirish katta ahamiyatga ega.Ayrim ishlarni bajarib bo’lgandan so’ng bir
oz bo’sh vaqt berilishi foydali, bu orqada qolgan o’quvchilarning o’rtoqlariga yetib
olishlariga imkon beradi. Tanaffuslarni sekin-asta qisqartirib borib,
butun sinf
o’quvchilarining bir me’yorda va yetarlicha tez ishlashlariga erishish mumkin.
Tanaffuslardan o’z-o’zini tekshirish, ishlarni o’zaro tekshirish va o’quvchilarning
o’zaro yordamlari uchun foydalanish mumkin.