1.3. Geometrik materialni o’rganish bo’yicha qo’llaniladigan didaktik
materiallar
Geometriyaga oid bilimlarni o’qitishda, mustahkamlash va olingan bilim,
ko’nikma, malakalarni nazorat qilish uchun kerakli barcha ta’lim vositalari
darsning didaktik ta’minoti deyiladi.
Didaktik ta’minot tarkibida darslik va bosma asosli daftardan tashqari
ko’rgazmali qurollar (geometrik figuralarining modellari, geometrik figuralarining
rasmlari, qismlarga ajaratilgan geometrik figuralar tasvirlangan plakatlar),
tarqatma materiallar (o’chash, hisoblash ishlarini bajarishga oid geometrik
figuralar modellari yoki ular tasvirlangan kartochkalar, testlar, geometrik masala
yozilgan kartochkalar) nazorat qilish uchun kerakli materiallar (amaliy ishlar,
13
testlar, diktantlar mustaqil ishlar, dars ishlanmalari, axborot texnologiyalari,
pedagogik texnologiyalar).Geometrik materiallni o’qitish jarayonining sifati va
samaradorligini oshirish maqsadida o’quv-metodik kompleksi yaratiladi. Bu
kompleksi tarkibida darslik va bosma asosli daftardan tashqari, matematikadan
topshiriqlar yozilgan kartochkalar, o’qituvchilarga mo’ljallangan metodik
tavsiyalar va ko’rsatmalar va boshqalar kiradi.
Geometrik materiallni o’qitish vositalari orasida geometrik topshiriqlar
yozilgan kartochkalar muhim o’rin tutadi. Bular darsliklarga qo’shimcha tariqasida
nashr qilinadi. Ularning asosiy maqsadi individual topshiriqlar bo’yicha
bolalarning
mustaqil
ishlarini
tashkil
qilishda,
programmaning
asosiy
materiallarini puxta o’zlashtirishda o’qituvchiga yordam berishdan iborat. Shunday
qilib, kartochkalar darsliklarni mashqlar bilan to’ldirishgagina mo’ljallangan
bo’lmay, balki bolalarning, darslikka yuklab bo’lmaydigan, mustaqil o’quv
faoliyatlarini
boshqarishning
bir
qator
funksiyalarini
ham bajaradi.
Kartochkalardan har xil foydalanish mumkin. Masalan, ulardan o’qituvchi
mustaqil va nazorat ishlarni o’tkazishda, o’quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni
to’ldirishda, frontal, gruppaviy va individual ishlarni tashkil qilishda, bilimlarni
umumlashtirish va sistemaga solishda, bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni
hisobga olish va nazorat qilishda foydalanishi mumkin.
Geometrik materialni o‘rgatish vazifalarini hisobga olgan holda o‘qitishning
har xil vositalaridan keng foydalanish kerak. Bular geometrik figuralarning rangli
kartondan yoki qalin qog‘ozdan tayyorlangan demonstratsion, butun sinf uchun
mo‘ljallangan modellari, figuralar tasvirlangan plakatlar, doskadagi chizmalar,
diapozitivlar, diafilmlardan iborat. Bundan tashqari, individual ko‘rgazmalar ham
kerak bo‘ladi. Bular qog‘oz poloskalar ko‘rinishidagi tarqatma materiallar,
figuralar modellari, qog‘oz va kartondan qirqilgan har xil uzunlikdagi cho‘plar va
boshqa narsalar bo‘lishi mumkin. Ayrim mavzularni o‘rganishda o‘quvchilar bilan
birgalikda qo‘lda ko‘rgazma-qo‘llanmalar tayyorlash foydali, bular to‘g‘ri, o’tkir,
o’tmas burchak modeli, ko‘pburchaklar modellari (shu jumladan to‘g‘ri
14
to‘rtburchaklar va kvadratlar ham) va boshqa narsalardan iborat. Doskada
chizmalarni bajarish uchun chizmachilik o‘lchash asboblari to’plami, chizg‘ich,
chizmachilik sirkuli albatta sinfda mavjud bo‘lishi kerak. Shunday asboblar har bir
o‘quvchida ham bo‘lishi kerak. Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarda nuqta,
to‘g‘ri chiziq, nur, egri chiziq, kesmalarni bir-biridan farqlash o’rgatiladi. 1-sinf
Matematika darsligi (L. O’rinboyeva va boshq. Toshkent: Respublika ta’lim
markazi, 2021. – 160 b.) da 3-bob “Geometrik shakllar” deb nomlangan. 20 soatga
mo’ljallangan ushbu bob o’qituvchi tomonidan mukammal tushuntirilsa, o’quvchi
sodda geometrik shakllar bo’yicha beriladigan savollarga javob berib, qanday
chizish, yasashni ko’rsata oladi. Mashqlarni bajarish asosida o‘quvchilar to‘g‘ri va
egri chiziqlarning ba‘zi xossalari bilan tanishadilar. Masalan. bolalar nuqtadan
chiziqlar o‘tkazish bo‘yicha mashq qilib, bir nuqta orqali istalgancha to‘g‘ri va egri
chiziq o‘tkazishlari mumkin, ikki nuqta orqali bitta to‘g‘ri chiziq, istalgancha egri
chiziq o‘tkazish mumkin degan xulosaga keladilar. Kesma bilan ham o‘quvchilar
amaliy tanishadilar. Agar to‘g‘ri chiziqqa ikkita nuqda qo‘yilsa, to‘g‘ri chiziqning
chegarasi shu nuqdalardan iborat qismi to‘g‘ri chiziqchalar kesmasi yoki qisqacha
kesma deyiladi. Kesmaning chegaralarini chiziqchalar (shtrixlar) bilan belgilash
ham mumkin.
2-sinf matematika darsligi (L. O’rinboyeva va boshq. Toshkent: Respublika
ta’lim markazi, 2021. – 192 b.) da esa turli materiallardan yassi geometrik shakllar,
sodda fazoviy shakllarni yasash, sodda shakllardan murakkab geometrik shakllarni
hosil qilishni, to’g’ri to’rtburchak va kvadratni farqlashni, ularning perimetri,
yuzasini topishni o’rganadilar. Ko’pburchak va uning perimetri, fazoviy geometrik
shakllar, ularning yasalishi bilan tanishadilar. 3-sinf darsligi orqali sodda
geometrik shakllar(kesma, nur, to’g’ri, egri chiziq, parallel va perpendikulyar
chiziqlar, simmetriya o’qi) ning ta’rifini o’rganadilar, uchburchaklar qaysi
belgisiga ko’ra teng yonli, teng tomonli va turli tomonli bo’lishini o’qib, bilib
oladilar.
Kesma, doira, uchburchak, ko’pburchaklarni teng bo’laklarga bo’lish
15
topshirig’i orqali ularda ko’zda chamalash ko’nikmasi rivojlantiriladi. Butunni
teng qismlarga bo’lish topshirig’i bolalarni geometrik shakllarni o’lchashni aniq
bajarishga undaydi. 4-sinfda bolalar avvalgi sinflardagi geometrik bilimlarini
yanada mustahkamlaydilar. Darslikda geometrik shakllar geometrik jismlar va
yassi shakllarga ajratib ko’rsatiladi, ko’pyoq, uning xossalari, parallelepiped va
kubning ta’rifi keltirilgan, murakkab shaklda uchburchak va to’rtbrchaklar
nechtadan ekanligini. Geometriyaga oid qiziqarli masalalardan matematika,
darslarida foydalanilsa, dars jarayoni qiziqarli kechadi, shuning bilan birga
o’quvchilarning mantiqiy fikrlashi va tafakkuri rivojlanadi, o’z fikrini asoslash
ko’nikmalari shakllanadi, olgan bilimlarini hayot bilan bog’lay oladi.
Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida kichik – kichik matematika
diktantlar o’tkaziladi. Ushbu diktantlarga geometrik mazmundagi materiallarni
kiritib borish maqsadga muvofiq. Bu geometriya elementlari haqida olingan
bilimlarni mustahkamlashga, eslashga hamda shakllarning gavdalantirishga,
shakllarni xossalarini yodda saqlashga yordam beradi.
Olingan bilimlarning mustahkamlashning va tekshirishning yana bir usuli
testdir. Geometrik testlar – bu masalalar to’plami emas, balki maxsus vazifalar
to’plami bo’lib, ular shunday tuzilganki o’quvchi maktab dasturidan nimani va qay
darajada egallaganini tekshiruvchi omildir. Shuni ta’kidlash kerakki, ob’yekt
shaklini to’g’ri idrok qilish uchun, predmet formalarini abstraktlashtirish
qobiliyatini rivojlantirish uchun o’quvchilarning shakllarning modellarini
kuzatishlarigina emas, balki ularning o’zlari tomonidan shunday modellarning
mustaqil yaratilishi ham juda muhimdir. Bu o’rinda mashhur geometr N. A.
Izvolskiyning «Biror geometrik obrazni o’rganishdan avval bu obrazni yaratish,
ro’yobga chiqarish kerak» degan fikrini keltirish o’rinlidir. Shu maqsadlarda
(mehnat ta’limi yoki matematika darslarida) dastlabki paytlarda geometrik
shakllarning modellarini andaza (shablon) ustidan qalam yuritish yo’li bilan hosil
qilishdan foydalanish mumkin.
|