12
uzunligini ko’z bilan "chamalab" aniqlashni.
-chizmachilik qurollari (chizg’ich, uchburchakli chizg’ich, sirkul) yordamida
to’g’ri to'rtburchak, kvadrat, uchburchak, aylanalar
yasashni
-to’rtburchakning perimetrini, to’g’ri to'rtburchakning yuzini va birlik
kvadratlardan tashkil topgan shaklning yuzini hisoblashni.
Geometrik material (algebraik material singari) dasturda mustaqil bo’lim
sifatida o’qitish jarayonida ajratib ko’rsatilmaydi. Geometrik mazmunli masalalar
imkon bo’lgan vaqtda, kursning boshqa masalalari
bilan yaqin aloqada qarab
chiqiladi. Biroq dasturdagi tushuntirish xatida ko’rsatilganidek, geometriya
masalalarini bayon qilishda bu materialni kurs materialiga kiritish maqsadlarigi
bo’ysundirilgan shaxsiy mantiqqa ham rioya qilish kerak.Dastur bolalarda fazoviy
tasavvurlarni o’stirish uchun geometrik ma'lumotlarga
hamda mashqlarga ham
kerakli e'tibor qaratadi.
Boshlang’ich sinflarda geometrik materiallar bilan ishlashdan asosiy maqsad
o’quvchilarga to’g’ri chiziq kesmasi, burchaklar, shakllar, (uchburchak,
to'rtburchak, ko'pburchakning aniq ko’rsatmali
tasvirini berish, shakllarning ba'zi
xossalarini ko’rib chiqish va bu bilimlardan bolalarning uzunlik va yuzlarini
o’lchay olish malakalarini egallashda foydalana olishni ta'minlashdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: