Innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


II Bob. Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishning metodikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix23.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#121017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishi (3)

II Bob. Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishning metodikasi 
2.1 .Geometrik material ustida ishlash metodikasi 
Qurilmalarning aniqligi va o'lchashga oid dastlabki tasovvurlar bolalar ongida 
boshlang'ich sinflardayoq shakllana boshlaydi. I sinf o'quvchilari chizg'ich 
yordamida kesmalarni 1 sm.gacha aniqIik biIan o'Ichash ko'nikmasiga ega 
bo'lishlari kerak. Bunday sharoitda zaruriy amaliy ishlarni bajarilishi aniqligini 
muntazam kuzatib borish zarur bo'ladi. Chizish asboblari va qalamlardan 
foydalanishda bolalar oldiga yozish va hisoblash ko'nikmalarini shakllantirish kabi 
jiddiy talablar qo'yish kerak. 
Chizish va o'Ichashga oid ko'nikmalarni shakllantirish ishlarini asta - sekin va 
izchillik bilan, buning uchun nafaqat matematika, boshqa fanlardan, jumladan, 
mehnat darsi, tasviriy san'at, tabiatshunoslik mashg'ulotlaridan ham foydalanish 
lozim. 
Biz I-IV sinflarda geometriyadan amaliy ishlar haqidagi masalani ko’rib 
o’tamiz. Bunday ishlarning mohiyati haqida F.A.Orexov quyidagicha yozadi: 
"Geometriyadan amaliy ishlar o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligidagi o’qitish 
faoliyati ko’rinishlaridan biridir. Bunday o’qish jarayonida geometriya 
geometrik obrazlarni qurish hamda yasash, hosil bo’lgan figuralar va ular orasidagi 
munosabatlarni o’quv nazariy va amaliy tadqiqot yo’li bilan o’rganiladi." 
Amaliy ishlar o’quvchilarning geometrik shakllar va ulardagi miqdoriy 
o’zlashtirishlariga, olingan bilimlarini turli amaliy na nazariy masalalarni hal 
etishga 
tatbiq 
qila 
olishlariga 
ijobiy 
ta'sir 
ko’rsatadi. 
Amaliy ishlar ta'lim berishda perspektiv prinsipni amalga oshirish uchun 
ahamiyatga ega. Bu prinsipning mohiyati boshlang’ich maktabga nisbatan 
quyidagidan iborat: geometrik materialni o’rganish vaqtida geometrik figuralar 
haqidagi tasavvurlarni to'plash, geometrik figuralarni yasash malakalarini hosil 
qilish yo’li bilan navbatdagi sistematik kursni o’rganishga tayyorlash. 
Darsda o’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish o’qituvchi uchun eng 
qiyin, shu bilan birga muhim ishdir. Amaliy ishlar o’qitishning jami ish ritmini 


17 
buzmasdan, 
differensiallab 
olib 
borish 
imkonini 
beradi. 
Jadvalli amaliy ishlarda ilgari o’rganilgan mavzuni takrorlash yangi o’tish bilan 
birga olib boriladi, geometrik tasavvurlarning to’planishiga asoslanib navbatdagi 
mavzularni o’rganish uchun zarur bo’lgan shart-sharoit vujudga keladi"-deb yozadi 
F.A.Orexov. 
Amaliy ishlar fanlararo aloqalarning eng yaxshi vositalaridan biri bo’lib, 
o’quvchining o’z-o’zini nazorat qilish ko’nikmasini rivojlantiradi va 
takomillashtiradi, mustaqil ishlarini ta'minlaydi, qiziquvchanligini va topqirligini 
o’stiradi. Matematikadan amaliy ishlarga bag’ishlangan maqolalarning ko’pchiligi 
ham bu ishlarning pedagogik nuqtai-nazaridan maqsadga muvofiqligini, 
mamlakatimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mulki bo’lib 
qolayotganligi haqida guvohlik berib turibdi. Maktabda matematika o’qitishda 
amaliy 
ishlardan 
foydalanish 
g’oyasi, 
matematika 
ta'limi 
ishining 
mazmun, shakllari, metodlari va turlarida borgan sari keng aks etmoqda. Amaliy 
ishlarga hisoblash, o’lchash, yasash, chizish usullarini kompleks qo’llanishini talab 
etadigan barcha ishlar taalluqlidir. 
F.A.Orexov amaliy ishlarni uch guruhga bo’ladi: tayyorlov, asosiy va amaliy 
ishlar. Muallif ko’rsatadiki, tayyorlov ishlari yordamida yangi materialni 
o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan masalalar takrorlanadi, o’tiladigan mavzu 
bolalarning kuchi yetadigan shaklda qo'yiladi. Asosiy ishlarni bajarish bilan 
o’quvchilar o’rganilayotgan figuralarning xossalarini ko’rib chiqadilar va isbot 
qiladilar. Amaliy (tatbiqiy) ishlarni bajarishdan maqsad topilgan xulosalarni amaliy 
va nazariy masalalarga qo’llanishidir, buning natijasida bolalarning bilimi 
chuqurlashadi va mustahkamlanadi". 
Boshlang’ich sinflarda ta'lim berish o’ziga xos xususiyatlarga ega. 
Matematikadan amaliy ishlarning ichki tuzilishi masalasi alohida e'tibor berishni 
talab etadi. Amaliy ishlarda bajariladigan topshiriqlarning hajmi ba'zi hollarda 
barcha mazmuniy tayanch bandlarni o’z ichiga oladi, bu bandlarni o’zlashtirish 
o’rganilayotgan mavzuni butunlay tushunishni ta'minlaydi. O'zining ichki 
tuzilishiga ko’ra bitta amaliy ish yo bitta mustaqil topshiriqdan iborat bo'lishi, yoki 


18 
2-4 va undan ortiq topshiriqni o’z ichiga olishi mumkin, keyingi holda ularning bir 
qismi didaktik maqsadlarga qarab uyda yoki darsning istalgan qismida bajarilishi 
mumkin. 
Jihozlar: o’quvchilarda amaliy ishlarda chizmalar (rasmlar, sxemalar) chizishlari 
uchun kataklarga bo’lingan maxsus daftar, shuningdek, chizg’ich, chizmachilik 
uchburchagi va qalamlar bo’lishi kerak. O’qituvchi chizmachilik qurollaridan 
foydalanish qoidalarini o’quvchilarga tushuntirib berishi lozim. Darsda individual 
yondashish, o'quvchilaming individual xususiyatlarni hisobga olish o’qituvchi 
ishining mas'uliyatli va muhim jihatlaridan biridir. 
Amaliy ishlar, birinchidan, bolalarning individual xususiyatlarini o’rganish 
uchun qulay sharoit yaratadi. Haqiqtan ham, o'quvchilar amaliy ishlar tipidagi 
topshiriqlarni bajarayotganlarida o’qituvchi ularning ishini kuzatib borish - 
imkoniga ega bo'lib, amaliy ishlarning o’ziga xos xususiyatlarini qayd qilib boradi, 
bolalar duch kelayotgan qiyinchiliklarni ko’radi. Bu kuzatishlar o’qituvchiga har 
bir o’quvchining imkoniyatini aniqlash va bolalarning individual xususiyatlarini 
hisobga olishi lozim. Jumladan, o'quvchilar asosiy topshiriqni bajarganlaridan 
so’ng ularga alohida topshiriqlarni berish foydalidir. Bunday qo’shimcha 
topshiriqlar sifatida (masalan, berilgan chizma bo’yicha) boshqa masala tuzish va 
uni yechishni yoki masalaning boshqacha yechilishini topishni, bitta masala 
yechilishining turli usullarini taqqoslashni berishi mumkin. 
Materialni tanlashda bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olib 
jadval usulda bosilgan didaktik materiallar, shuningdek, o'qituvchining o’quvchilar 
bilan birga tayyorlagan didaktik material katta yordam berishi mumkin. 
Bilim, malaka va ko’nikmalarni hisobga olish. 
Amaliy ishlar o’quvchilarning bilmlari, malakalari va ko’nikmalarini 
ratsional aniqlashga imkon beradi. Amaliy ishlarni o’quvchilar mustaqil 
bajarayotganlarida o’qituvchi o’quvchilar duch kelayotgan qiyinchiliklarni 
kuzatish 
imkoniga 
ega 
bo'ladi, 
ish 
qanday 
ketayotganligini 
baholaydi,qiynalayotgan o’quvchiga yordam beradi va h.k.Bilimlarni tekshirish va 


19 
baholashga kam vaqt ketadi. Ishlarni tekshirish va baholashni tezlashtirish uchun 
o’lchashlar va hisoblashlar natijalarini oldindan tayyorlab qo’yish muhimdir. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin