Antonimlarning
o’zaro zid ma’noga ega so’zlar ekani deyarli barcha olimlar
tomonidan e’tirof etiladi. Lekin ma’nodagi ana shu zidlikni tushunish, belgilash va talkin
qilishda bir xillik
yo’q.
Ma’nodagi zidlikni, demakki, antonimlikni aniq belgilashda komponentln taxdil
asosida ma’no (semema) tarkibini aniqlash muhimdir. Ma’lumki, leksik ma’no (semema)
ma’lum komponentlardan (semalardan) tashkil topadi Antonim so’zlarning komponentli
taxdilidan ma’lum bo’ladiki, bunday so’zlarning ma’nosida umumiy semalar bilan birga
farkdovchi semalar
ham bo’ladi. Masalan: yupka va qalin: yon qo’lami me’yoridan kam
va ortiq. Erta va kech: belgili vaqtdan ilgari va
keyin.Ko’rinadiki, so’zlarning antonimligini
belgilashda umumiy (integral) sema: yon
ko’lam va vaqtni farklovchi hamda farqlovchi
(differensial) sema: "me’yoridan kam, ortiq", "vaqtdan ilgari yoki kech" mavjud. Shuning
uchun qam
ma’nosi va shakli har xil bo’lgan istagan ikki so’z o’zaro antonim
bo’lavermaydi
Ayrim ishlarda (Ya Pinxasov) shakldosh va noshakldosh,
to’la va yarim antonimlar
haqida fikr yuritiladn. Antonimlarni bunday
ajratish to’g’ri emas. Chunki aqlli-aqlsiz,
baxtli-baxtsiz (shakldosh) deganda yangi leksema hosil bo
’lmagan. Boshqacha
aytganda, aklli-aqlsiz, baxtli-baxtsiz
so’zlarida biror belgi predmet ("aql", "baxt")ning bor
yoki
yo’qligi ko’rsatiladi va ekvivalent (teng qimmatli) oppozisiyani tashkil etolmaydi.
Demak, oddiy inkorda aynan bir narsa, belgi yoki harakat inkor etiladi. Bor-borma; kora-
kora emas (oq rang
ko’z oldimizga kelmaydi). Ikkinchidan, antonimlarni yarim, chorak,
nimchorak, deb belgi darajalarini
aniqlab bo’lmaydi. Ikki so’zning o’zaro antonimligi
ularning anik bir ma’nosidagi belgi zidligiga asoslanadi. Chog’ishtiring: chol-kampir, er-
xotin kabilar
o’zaro qarama-qarshi (antonimik) manolarga ega bo’lgan giponimlardir.
Shunday ekan,
ko’p ma’noli so’zlarning antonim yoki antonim emasligi ham har gal
anik bir ma’noning o’z nuqtai-nazaridan belgilanadi. Masalan, qattiq so’zi bir ma’nosida
"yumshoq" so’ziga, boshqa bir ma’nosida "saxiy" so’ziga antonim bo’la oladi: Qattik,
yerdan qatalab chiqqan boychechak, yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak
(Qo’shiq). O’zi ham o’lgudek qattiq bo’lsa kerak, - deyishibdi (G’ayratiy) Mirzo ko’p saxiy
tabiat ko’rinadi. (A.K) Chog’ishtiring: tirik-o’lik, tirik yoki lanj osh.
Leksik ma’no bilan leksik qo’llash orasidagi antonimik munosabat kontekstual
antonimiya deb ataladi. Bunday antonimiya har gal nugkning
o’zida sodir bo’ladi,
nutkdan tashkarida
yo’qqa chikadi. Masalan, it-mushuk bo’lishdan na foyda. Qizimiz
ko’y edi, amirlar bo’ri. ("Xat"dan).
Demak, til birligi bilan nutk birligi orasidagi munosabat kontekstual antonimlikni hosil
qiladi.
Antonimlar, asosan, belgi bildiruvchi
so’z (sifat va ravish)larda 'uchraydi, ot, fe’llarda
kamrok- Vafo-jafo,
yig’lamok-kulmok-
Antonimlar tub (oz-
ko’p), yasama (unumli-unumsiz) bo’ladi. Juft holda qo’llanilgan
antonimlar
ko’chma ma’no ifodalaydi: Yaxshi- yomon gaplar (kar xil). Erta-kech fikru
xayolim senda (doim).
Badiiy asarlarda, xalk makollarida antonimlar emosional- ekspressiv uslubiy vosita
sifatida nutkning ifodaliligi, ixchamligi,
o’tkirligi uchun xizmat kiladi: Bilimli kishi o’zar,
bilimsiz kishi
to’zar. Do’st achitib, dushman kuldirib gapiradi (Makol). Yozuvchi va
shoirlar antonimlardan antiteza hosil qilishda foydalanadilar: Har kimki vafo kilsa, vafo
trpg’usidir, xar kimki jafo kilsa, jafo topg’usidir. (Bobur).
Dostları ilə paylaş: