qo’llanildi. So’ngra A.A.Ufimseva, L.Navikov, Yu.S.Stepanov, H.Ne’matov, R.Safarova
va boshqalar ilmiy izlanish olib bordilar.
Giponimiya deganda, tildagi jins va tur tushunchalari munosabatlarini ifodalovchi
so’zlar qatori, leksik paradigmalari tushuniladi.
Giperonim jiys belgisini bildirgan predmet nomini ifodalovchi mikrotizimning markaeiy
so’zi, dominantasi bo’luvchi lug’aviy birlikdir.
Giponim ma’lum bir jins turlarining
nomlarini ifodalovchi, semantik jihatdan
giperonimga nisbatan boy
bo’lgan lug’aviy birlikdir.
Chog’ishtiring: tovuq-giperonim. xo’roz, makiyon, jo’ja-giponim ot-giperonim, saman,
jayron, yo’rg’a kabilar giponimdir.
Gipo-giperonimik
leksik
paradigmalarni hosil qiluvchi elementlar o’zbek tilini
zoonimlari orasida keng tarqalgan. Jumladan, ayni bir jinsga mansub hayvonning har xil
turlarini (rang-tusiga, jinsiga, turli
tashqi jismoniy belgilariga, yetilgan ham
yetilmaganligiga, yoshiga, xonaki yoki yovvoyiligiga) ifodalashga asoslangan so’zlar
bilan bog’lanib, turli gipo giperonimik paradigmalarni hosil qiladi. Misollar: rangiga ko’ra
farqlovchi semasi asosida: ot-tok tuyoqli, yirik, sut emizuvchi ish xayvoni; jiyron-
qizg’ish
ot,
saman-
sarg’ish ot, to’riq- qora ot va h.k. Jinsiga ko’ra: tovuq: xo’roz-erkak tovuq;
makiyon-
tovuqning urg’ochi turi.
Demak, giponimiya
o’ebek tili lugat tizimini tizim sifatida tushunishning imkoniyat va
turlaridan biri bo’lib, obyektiv borliq bilan bog’lik, real til
hodisasi sifatida jins -tur
munosabatining ifodalanishi asosida tashkil
topgan so’zlar qatoridir.
Gilo-gileronimik qatorlar funksionimiya, partonimiya, graduonimiya,
sinonimiya,
antonimiyalar bilan aloqador. Bu aloqani yanada kengroq tahlil qilish lozim. Giponimiya
xaqida to’lik, ma’lumot R.Safarovaning "Leksik semantik munosabatning turlari" T.:
1996 risolasida berilgan.
Dostları ilə paylaş: