Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/62
tarix08.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#126706
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62
Tayanch iboralar. Tuproq ekologik indeksi, haydalma yerlar, melioratsiya, unumdorlik
harakatchan fosfor, koeffitsiyent, Nk, Nt, KK, to‘g‘rilagich koeffitsiyenti, kaliy, yakuniy iqlimiy 
ko‘rsatkich, namlanish, sho‘rtoblik, kuchsiz yuvilgan, yakuniy agrokimyoviy qo‘rsatkich. 
Takrorlash uchun savollar. 
1. Tuprok-ekologik indeksining afzalligi? 
2. Tuproqni ekologik jihatdan baholash qanday muammolarni echishga yordam beradi? 
3. Tuproqni ekologik jihatdan baholash qanday bo‘limlarni qamrab oladi? 
4. Baholash uchun ma’lumotlar to‘plash qoidalari? 
5. TEI formulasini yozing va izoxlang? 
6. Shishov L.L., Durmonov D.I. bo‘yicha tuproq ekologik indeksi? 
7. Tuprok-ekologik indeksini hisoblashda foydalaniladigan koeffitsentlar? 
8. TEI orqali baholashda A ning o‘rnini tushuntiring? 
9. TEI orqali baholashni o‘ziga xosligi? 
 
MAVZU: TUPROQ XUSUSIYATLARI BILAN HOSIL
O‘RTASIDAGI KORRELYATSION BOG‘LANISHLAR VA UNI 
TASVIRLASH YO‘LLARI 
Iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri bu bir gektar yer maydonidan olingan hosil 
miqdori bo‘lib, bu ko‘rsatkichdan hamma vaqt ham to‘g‘ridan – to‘g‘ri foydalanib 
bo‘lmaydi. 
Tuproqlarni baholashda tuproq xossalari va undan olinadigan hosil miqdorlari 
ham matematik nuqtai nazardan qayta ishlashga muhtoj, ya’ni u raqamlar qay 
darajada to‘g‘ri ekanligini matematik statistika orqali o‘z ifodasini topadi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek tuproq xossalari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar 
bilan shu tuproqdan olingan hosil o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishgina tuproqni 
saxiyligini negizini tashkil qiladi. 
Matematik qayta ishlash usullari ko‘p bo‘lib, ularning ichida sinalgan va 
tuproqshunoslikda, tuproqni baholashda, agrokimyoda qo‘llanilayotgan usul bu 
korrelyatsiya va regressiya hisoblanadi. 


56 
Korrelyatsion tahlil tuproq xossalari bilan qishloq xo‘jalik ekinlarini hosili 
o‘rtasidagi aloqadorlikni matematik aniqlikda ko‘rsatib boradi va tuproqni tabiiy 
xossalarini bonitirovka negizi uchun yaroqli ekanligini aniqlab, isbotlab boradi. 
Korrelyatsiya - lotincha so‘z bo‘lib, "correlatio" nisbat demakdir. 
Bu atama ko‘pchilik fanlarni turli tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. 
Korrelyatsiyadan, ayniqsa bir ko‘rsatkich ikkinchisini hosil bo‘lishida bevosita ta’sir 
qiladigan kattaliklarni aloqadorligini aniqlashda foydalanish yaxshi natija beradi. 
Bu sohada qishloq xo‘jaligi fanlarida tuproqdagi gumus miqdori bilan g‘o‘za 
yoki boshqa qishloq xo‘jaligi ekin turi bilan hosili o‘rtasidagi bog‘lanishlarni 
aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega. 
Xuddi shu kabi tuproqdagi harakatchan fosfor, kaliy, azot miqdori bilan 
ekinlarni o‘sishi va rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘lanishlar yoki ularni hosillari 
o‘rtasidagi aloqadorliklar ham aslida korrelyatsion bog‘lanishlar qatoridan joy oladi. 
To‘plamlarni o‘zaro korrelyatsiyasi funktsional bog‘lanishda bo‘lishi mumkin. 
Bir yoki bir qancha argumentlarni o‘zgarishi bilan funktsiyani o‘zgarishiga 
"regressiya" deyiladi. 
Odatda ikkita o‘zgaruvchan kattalik o‘rtasidagi funktsional bog‘lanish 
quyidagicha tasvirlanadi: y=f(x). 
Bunda: "Y" esa "X" belgini funktsiyasi. 
f - lotincha functio, ya’ni funktsiya so‘zini bosh harfi. 
f - birorta qiymatni ko‘rsatmaydi, lekin har qanday funktsional bog‘liqlikni 
ko‘rsatadi. 
Ehtimollar nazariyasida regressiya biror kattalikni o‘rtacha qiymatini "Y" 
boshqa bir qiymati "X" bilan aloqadorligi tariqasida tushuniladi. 
Masalan; tuproq tarkibidagi suvda eruvchan tuzlarning umumiy miqdori bilan 
g‘o‘za hosildorligi o‘rtasidagi yoki gumus qatlami qalinligi bilan hosil o‘rtasidagi, 
singdirilgan natriy miqdori bilan tuproqni sho‘rtobligi va undan (tuproqdan) 
olinadigan hosil o‘rtasidagi bog‘lanishlarni funktsional bog‘lanishlar tariqasida 
keltirishimiz mumkin. 
Hosil bilan tuproqni tabiiy xossalari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni oddiy 
regressiya chiziqlari orqali tasvirlash mumkin. 
Hosil bilan tuproqni biror xususiyati, yoki xossalari o‘rtasidagi bog‘lanish to‘la 
yoki yaxshi, qisman yoki kuchsiz, aksincha, hech qanday aloqadorlikda bo‘lmasa 
ularni quyidagicha oddiy usulda y=f(x) dan foydalanib tasvirlash mumkin.







1 2 3 4 5 6 
Yaxshi







1 2 3 4 5 6 
Kuchsiz


57 







1 2 3 4 5 6 
Yo‘q
Bu hodisani biz tuproqni sho‘rlik darajasi bilan g‘o‘za hosildorligi o‘rtasida 
yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bunda abtsissa o‘qiga tuproqni sho‘rlik darajasi 
(argument) ordinata o‘qiga hosil miqdori (funktsiya) joylashtiriladi. 
Olingan emperik regression chizik tuproqni sho‘rlik darajasi ortishi bilan hosil 
miqdori kamayishini ko‘rsatadi. 
35 
30 
25 
20 
15 
10 







ts/ga 
Quruq qoldiq, %. 
Ta’kidlanganidek, eng avvalo tuproq xususiyati bilan hosil o‘rtasidagi 
bog‘lanish grafik usulda aniqlangan keyin ma’lumotlarni matematik usulda har 
tomonlama qayta ishlashga kirishiladi. 
Tuproqni 
bonitarovkalash 
maqsadlarida 
qo‘llaniladigan 
ma’lumotlarni 
matematik qayta ishlash usuli tartibiga ko‘ra eng avvalo o‘rta arifmetik qiymat (M) 
topiladi. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin