Bank hisobi, tahlil va audit


VII-bob bo’yicha o’z bilimini tekshirishga doir nazorat savollari



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/110
tarix09.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127899
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110
d492f317fa67748a9145e54faeb12913 BANK HISOBI, TAHLIL VA AUDIT Darslik

VII-bob bo’yicha o’z bilimini tekshirishga doir nazorat savollari 
1. Bank kapitalining iqtisodiy mohiyatini tushuntiring. 
2. Bank kapitalining tashkil topish manbalari. 
3. Bankning ustav kapitalini tushuntiring. 
4. bankning qo’shimcha kapitaliga izoh berng. 
5. Aktivlarning risklilik darajasini izohlang. 
6. Aktivlarni risklilik darajasini minimallashtirish. 


111 
VIII-Bob. Bank auditini tashkil qilish asoslari
 
Reja: 
8.1. Bank auditining predmeti va metodi. 
8.2. Bank auditning maqsadi va vazifalari. 
8.3. Respublikada bank auditini shakllanish bosqichlari va
rivojlanish ustiqbollari.
8.1. Bank auditining predmeti va metodi. 
Tijorat banklari faoliyati yuqori darajadagi iqtisodiy risklar bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Banklar faoliyati asosan jalb qilingan mablag‘lar 
hisobidan amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra banklar faoliyatida doimo likvidlilik 
riski, kredit riski va tizimli risk yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Tijorat banklarining 
bosh maqsadi - yuqori darajada foyda olishni ta’minlash, bu esa bankni yuqori 
daromadli, ayni vaqtda, yuqori riskli operatsiya-larni (kreditlar berish, tijorat 
qimmatli qog‘ozlarini sotish-sotib olish operatsiyalari va h.k.) amalga oshirishni 
taqozo etadi. Bularning barchasi pirovard natijada banklar faoliyatida foydalilik va 
likvidlilik kategoriyalari o‘rtasidagi murakkab, ziddiyatli bog‘liqlikni yuzaga 
keltiradi. 
Tijorat banklarining bankrot bo‘lishi aholining, korxona va tashkilotlarning 
pul mablag‘larini yo‘qotilishiga olib keladi. Ayniqsa, banklar tizimli bankrot 
bo‘lishi korxonalarning omma-viy tarzda bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 
Oqibatda, birinchidan, aholining, korxona va tashkilotlarning bank tizimiga 
bo‘lgan ishonchiga putur etadi. Ikkinchidan, jamiyatdagi ijtimoiy vaziyatni 
yomonlashuvi yuzaga keladi. Uchinchidan, hukumatning fiskal manfaatlariga 
ziyon etadi. 
Yuqorida bayon etilgan holatlar tijorat banklarining milliy iqtisodiyotda yuksak va 
ma’suliyatli mavqega ega ekanligidan dalolat beradi. Shu boisdan ular faoliyatini tartibga 
solish davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Barcha davlatlarda tijorat banklari faoliyatini makrodara-jada joriy tartibga 
solish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Markaziy bank banklar 


112 
faoliyatini tartibga solish orqali moliya-bank tizimining yuqori darajadagi 
likvidliligini, banklarning to‘lovga qobilligini ta’minlaydi va bir vaqtning o‘zida 
uzluksiz faoliyat ko‘rsatadigan to‘lov tizimini yaratish orqali banklarning 
mijozlarini himoya qiladi. 
Tijorat banklari faoliyatiga real baho berish, aksiyadorlar va omonatchilar, 
kreditorlar va investorlarning bank faoliyati to‘g‘risida aniq, ishonchli 
ma’lumotlarga ega bo‘lishlarida audit tekshiruvi xulosa va natijalari muhim 
ahamiyatga ega.
Ma’lumki, audit atamasi lotincha “audit” - eshitmoq so‘zidan olingan bo‘lib, 
turli mulk shaklidagi korxona va tashkilotlarning buxgalteriya hisobini yuritish, 
moliyaviy hisobotlarining haqqo-niyligini tekshirish jarayonini anglatadi. Audit 
mustaqil nazo-rat qiluvchi tadbirkorlik sub’ekti sifatida xo‘jalik sub’ekti 
tomonidan berilayotgan moliyaviy axborotlarning haqiqiyligini tasdiqlaydi. Undan 
kutilgan maqsad xo‘jalik sub’ekti faoliyati-ning barcha qirralari bo‘yicha faktlarni 
yig‘ish va baholash, hiso-botlarini tekshirish, ularning me’yoriy hujjatlarga mos 
ravishda bajarilgan yoki bajarilmaganini tekshirishdan iborat. 
Iqtisodiyotning real sektoridagi korxona va tash-kilotlarda buxgalteriya 
hisobi yuritilishi va hisobotini tashkil etish metodologiyasi bilan Moliya vazirligi 
shug‘ullanadi. 2000 yil 1 sentyabrdan kuchga kirgan “Auditorlik faoliyati 
to‘g‘risida”gi 
qonunning 
1-moddasiga 
muvofiq 
“Banklarni 
auditorlik
tekshiruvidan o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari O‘zbekiston Res-publikasining 
Markaziy banki tomonidan belgilanadi» deb mus-tahkamlandi hamda banklar va 
boshqa kredit tashkilotlarining har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi 
kerakligi aniq belgilandi. Shu bilan birga mazkur hujjatda bank auditi bilan 
shug‘ullanadigan auditorlik kompaniyalari va auditorlarga lizensiyalarni Markaziy 
bank berishi belgilangan. 
Bank auditining ob’ekti O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyati 
hisoblanadi. 
 Bank auditining predmeti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat 
ko‘rsatayotgan tijorat banklarida auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishda va ular 


113 
faoliyatini baholash jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar 
hisoblanadi. 
Bank auditini o‘tkazish usuliga ko‘ra 2 xil ya’ni majburiy audit va tashabbus 
tarzidagi auditorlik tekshiruvi tarzda amalga oshiriladi. 
Majburiy audit - Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunning 10 moddasida 
ko‘rsatilgan hollarda o‘tkaziladi.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi: xo‘jalik yurituvchi sub’ektning 
yoki boshqa auditorlik tekshiruvi buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘tkazilishi mumkin. Tashabbus tarzidagi 
auditorlik tekshiruvining predmeti, muddatlari va boshqa shartlari auditorlik 
tekshiruvining buyurtmachisi bilan auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuziladigan 
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Bank auditini o‘tkazish xususiyatiga ko‘ra tashqi va ichki audit turlariga bo‘linadi:
Ichki audit – bu xo‘jalik ichida uning faoliyati samaradorligini tekshirish va 
aniqlashda mustaqil baho berishdir. Ichki audit uchun kredit tashkilotining o‘zi 
yoki uning bir bo‘limi – kredit tashkilotining ichidagi nazorat bo‘limi javob beradi. 
Uning faoliyati va tekshirish yo‘nalishlari qonun bilan tartibga solinmasdan kredit 
tashkiloti rahbariyati tomonidan belgilanadi. Ichki auditning maqsadi – bankt 
xizmatchilariga o‘zlarining majburiyatlarini a’lo darajada bajarishga yordam 
berishdir. Ichki audit bankka tekshirilayotgan ob’ektlar haqida aniq tahlil, 
baholash, tavsiya maslahat va ma’lumotlarni beradi. Bank faoliyatida omonatchilar 
manfaatlarini ximoya qilish va aniq natijalarga erishish maqsadida ichki nazorat 
tizimi joriy etiladi. Ichki nazorat tizimi bankning ish rejasi, usuli va jarayonlari, 
foydaning ko‘payishi hamda bank rahbariyati topshiriqlarining aniq bajarilishini 
ta’minlashni uz ichiga oladi. Ichki audit bank tarkibining tashkilotchilik bulinmasi 
sifatida tan olingan bulib, bank rahbariyatiga buysunadi. Ichki auditning vazifasi 
turlicha bulishi mumkin: buxgalteriya hisobini to‘g‘ri olib borishni tekshirish; bank 
daromadlari va xarajatlari hisobining to‘g‘ri olib borilishini nazorat qilish (foydani 
to‘g‘ri hisoblash, xarajatlarni uz vaqtida hisoblarda aks ettirish va boshqalar); 
boshqa muomalalarning qonuniy bajarilishini 
nazorat qilish va boshqalar. Ichki 


114 
auditni tashkil etish va o‘tkazish uchun uslubiy topshiriqnomalar yoki 
yuriqnomalar ishlab chiqilishi tavsiya etiladi. Ushbu yuriqnomalar kerakli ish 
ob’ektlarida nimalarni nazorat qilishni aniqlab beradi. Ichki audit yillik reja asosida 
olib boriladi. Tekshiruvni tashkil etish va o‘tkazishda ichki audit boshligi tula 
javobgarlikni uz buyniga oladi. Ichki audit boshqaruv nazorat tizimining bir qismi 
sifatida qaraladi . Ichki auditorlar rahbariyat oldida hisobot beradi va auditorlar 
qumitasi bilan to‘g‘ri aloqada bo‘ladi.
O‘zbekiston respublikasi qonunchiligiga ko‘ra banklar tashqi auditorlik 
tekshiruvidan o‘tish uchun auditorlik kompaniyasini mustaqil tanlaydilar. Yillik 
hisobotni tasdiqlash maqsadida, har yillik majburiy auditni utkazayotgan auditorlik 
firma, kredit tashkilotining aksionerlari tomonidan umumiy yig‘ilishda 
tasdiqlanishi lozim. Tasdiqlangan auditorlik firmasi (auditor) hakida malumotlarni, 
kredit tashkilotlari MBning joylardagi muassasalariga habardor qilish kerak;
Tashqi audit - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va moliyaviy 
hisobotining haqiqiyligini ob’ektiv baholash maqsadida shartnoma asosida 
auditorlik kompaniyalari tomonidan o‘tkaziladi. Uning asosiy maqsadi moliyaviy 
hisobotning to‘g‘riligini, uning xalqaro standartlarga mosligini tekshirish va u 
bo‘yicha xulosa berishdan iborat. Bundan tashqari tashqi audit xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektning xarajatlarini minimallashtirish va foydani maksimallashtirish 
maqsadida ularning faoliyatini yaxshilash, hisob ishlarini tashkil qilish va qayta 
tashkil qilish, hisob ishlarini yuritish, soliqqa tortish bo‘yicha takliflar 
beradi.Tashqi audit ichki audit bilan uzaro aloqada olib boriladi. Birinchi o‘rinda 
ichki nazorat faoliyati va tashkilotchiligi baholanadi, bunda ichki auditning 
ob’ektivlik darajasi, mustaqilligi, bajarilgan ishlar xajmiga e’tibor qaratiladi. 
Tashqi auditorlar tekshirilayotgan bankning umumiy faoliyatini o‘rganadilar. 
Ob’ektiv baholash uchun eng birinchi o‘rinda aktiv va passiv muomalalarning 
holati ko‘rib chiqilishi, 
O‘zbekistonda bank auditiga katta e’tibor qaratilayotganining o‘z sabablari 
bor. Chunki davlat nazorati organlari-ning tijorat banklarining operatsiyalarni 
o‘tkazish va ularning hisobini rasmiy jihatdan olib borishiga qo‘yiladigan barcha 


115 
ta-lablarga rioya etilishi mamlakat kredit tizimining sifati va ishonchliligini 
ta’minlaydi. Bu talablar, birinchi navbatda, banklarga jalb etilgan omonatchilar va 
mulkdorlar kapitalining yo‘qotishlar riskini bartaraf etish yoki uni eng past 
darajaga tushirish sharti bilan bank operatsiyalarining daromadliligini maqbul 
darajada ta’minlashga qaratilgan. 
Tijorat banklarida o‘tkaziladigan auditorlik tekshiruvlari sifati va 
ta’sirchanligini oshirish, tashqi audit faoliyatini takomillashtirish, auditorlik 
firmalari o‘rtasida erkin va sog‘lom raqobat munosabatlarini kuchaytirish hamda 
aholi va sarmoyadorlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish maq-
sadida 1996 yil 24 iyulda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Bank 
auditi tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 
Aytish mumkinki, mazkur farmon ijrosi respublikada bank auditini shakllantirish 
va mustahkamlashning amaliy bosqichini boshlab berdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “O‘zbekiston 
Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, PQ-
3946, respublikamizda bank auditini yanada takomillashuviga va rivojlanishiga xizmat qiladi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin