qurollangan otliq askarlarni siqib chiqardi va ritsarlarning harbiy jismoniy
tayyorgarlik sistemasining hammasini foydasizqilib qo`ydi.
Lekin ritsarlar
o`zlarining imtiyozli hisoblangan, ularning obro`yini saqlab turgan va boshqa
sinflardan ajratib turgan narsalardan darhol voz kechmadi. Butun XV asr
davomida
hali turnirlar o`tkazib turildi, lekin endi kishilarning e’tibori turnir
ishtirokchilarining texnikasi va harbiy ta’lim ko`rganligiga emas, balki
kiyimlarining yaltirashiga hamda qurollarining chiroyligiga qaratilar edi. 1487 yili
Vormsda so`nggi umumgerman turniri, 1512 yili esa oxirgi mahalliy turnir bo`lib
o`tdi. Jangchi ritsarni tarbiyalashning qattiq sistemasi asta-sekin unutib borildi.
Ritsarlik
tarbiya site,asi o`rnida dvoryan tayyorlash sistemasi - saroydagi olifta-
dangasa roliga tayyorgarlik sistemasi vujudga keldi.
Ritsarlik qal’alaridan shaharlarning iqtisodiy jihatdan ustunligi holida
qimmatbaho o`q otuvchi qurollar burjuaziyaning
va unga tayanadigan korol
hokimiyatining mulki bo`lib qoldi. Burjua boyligining o`sib borishi ularga
yollanma qo`shinlar-landoknextlar saqlashga imkon berdi. Bular nayza, oybolta,
qilich va o`q otuvchi aslaha bilan qurollangan professional jangchilarning to`dalari
(otryadlari) edi. Ular urushlarga yollanib borishar
va shuning uchun keskin
janglardan o`zlarini olib qochar edi. Landsknextlar o`q otadigan qurolni ishlatish
usullarinigina emas, balki o`tsiz qurolni ishlatish usulini ham o`rganar, qurolsiz
kurashishga, suvda suzishga o`rganar va o`zlarida
chidamlilik xususiyatlarini
tarbiyalar edilar. Landsknextlar qimmatga tushar edi, ular intizomsiz,
jangda
unchalik ishonchli emas, tinchlik davrlarida esa davlat uchun xavfli kishilar edi. Bu
hol asta-sekindoimiy armiyaga o`tishga sabab bo`ldi; bu armiyaning oddiy ommasi
shahar kambag`allari va yersiz dehqonlardan tarkib topar edi. Armiyaga
olinganlarning hammasiga ta’lim berish ishiga qattiqqo’llik munosabatida bo`linar
edi. Safda yurish tayyorgarligi va bir xil standart harakat va usullarni sinchiklab
o`rganib borish jangchilarning individual xususiyatlarini yo`q qilar, ularning aqlini
o`tmaslashtirar,
ongini tumanlashtirib, avtomatga aylantirar edi. Komandirlar
sostavi kambag`allashgan dvoryanlardan tarkib topar va maxsus tashkil etilgan
harbiy maktablarda ta’lim olar edi. Bu maktablarning o`quvchilari
va butun
komandirlar sostavi zavq-shavq ila otda yurish, qilichbozlik, pistoletdan o`q otish,
suzish, ov qilish, raqs tushish, soldatlarni qo`pol mashq qildirish bilan shug`ullanar
edilar.
Dostları ilə paylaş: