jismoniy tomonlarini tarkib toptirishni istadi. U butun tarbiya va ta’limni
o`quvchilar uchun yoqimli formada ifodalashni tavsiya qildi.
Rable tarbiyalanuvchilar uchun rejim zarurligini, ularning maishiy hayoti
uchun
gigiyena zarurligini, jismoniy mashqlarning aqliy mashg`ulotlar va
ovqatlanish rejimi bilan qo`shib olib borish kerakligini talab qildi. U badanni yuvib
turishni, massaj qilishni, terlagandan so`ng kiyimni almashtirishni; mashqlarni va
jismoniy kuch me’yorini asta-sekin murakkablashtirib borishni tavsiya qiladi. U
faqat
qadimgi mashqlarni emas, balki o`sha vaqtlarda dvoryanlar, shaharliklar va
dehqonlar o`rtasida odat bo`lgan mashqlarni ilgari surdi.
Tarbiyalanuvchilar yugurishlari, sakrashlari va irg`itishlari; kamalakdan,
kamondan, eski og`ir
miltiq va zmbarakdan otishlari; ko`krak bilan,
chalqanchasiga, yon bilan suzishlari va suvga sho`ng`ishlari; nayza, qilich,
shamshir, rapira oy bolta, xanjarbozlik bilan shug`ullanishlari; ot sporti, arqonga,
daraxtlarga va qoyalarga tirmashib chiqish bilan shug`ullanishlari; yelkanli va
eshkakli qayiqni boshqarishlari, ov, turizm va sayohat bilan shug`ullanishlari,
kurash,
shaxmat va turnikda, yog`och otda gimnastika mashqlarini bajarishlari,
gantellar yordamida mashq qilishlari; to`p, oshiq o`ynashlari va raqs tushishlari
lozim edi.
Rablening
fikricha, uning hayoli bilan yaratilgan “Telem manzili” tarbiya
muassasining idealidir. Muassasaning ustavi: “nimani xohlasang, shuni qil” degan
prinsipdan iboratdir. Bu ishlab chiqarish tashkiloti emas, balki boylar uchun
mo`ljallangan o`ziga xos o`quv-tarbiya muassasasidir.
Unda stadion, ippodrom,
suzish uchun hovuz, uch pog`onali hammomlar, teatr, sayr qilish bog`I, to`p
o`ynash uchun manejlar, otxonalar, lochin xizmati va itxona bor edi.
Rable o`z davrining ilg`or g`oyalari bilan bab-baravar qadam tashlab bordi va
burjua ideologiyasining o`rnatilishi uchun ko`p xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: